Sport | 09:56 / 03.09.2017
16469
3 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Ispaniya Italiyani yirik hisobda yengib, guruhda birinchi o‘rinni mustahkamladi (turnir jadvali)

Foto: FIFA matbuot xizmati

Ispaniya 2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining 7-tur uchrashuvlari doirasida Italiyaga qarshi o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qayd etish kerakki, bu o‘yin Iskoning terma jamoadagi eng yaxshi o‘yinlaridan biriga aylandi. U birinchi bo‘limda ikkita gol urdi, shu bilan birga maydonda eng faol harakat qilib, raqib futbolchilarini doimiy ravishda tahlikada ushlab turdi. Ikkinchi bo‘limda Serxio Ramos Alvaro Moratani golli pas bilan ta'minladi - 3:0.

G guruhida parallel kechgan uchrashuvda Makedoniya 1:0 Isroilni Goran Pandevning goli evaziga mag‘lub etdi, Albaniya Lixtenshteyndan ustun keldi -2:0.

JCh-2018 saralashi
G guruhi, 7-tur

Ispaniya – Italiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Isko, 2:0 – 40 Isko, 3:0 – 77 Morata.
Ispaniya – De Xea, Ramos, Alba, Karvaxal, Pike, Asensio (Saul, 78), Koke, Silva, Inesta (Morata, 72), Isko (Vilya, 89), Buskets.
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Bardzali, Darmian, Kandreva (Bernardeski, 70), Spinatstsola, Verratti, de Rossi, Insine, Immobile (Gabbyadini, 78), Belotti (Eder, 70).
Ogohlantirishlar: Verratti (4), Bonuchchi (12).

Isroil – Makedoniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Pandev.
Isroil – Glazer, Tsedek, Davidzada, Bitton (Keltens, 71), Ben Xaim, Melikson, Koen, Ben Xaim (Eynbinder, 53), Kabxa, Zaxavi, Oxana (Xemed, 46).
Makedoniya –    Dimitriyevski, Musliu, Ristevski, Ristovski, Velkoski, Spirovski, Bardi (Zaykov, 90), Alioski, Nestorovski (Radeski, 86), Pandev, Nikolov (Elmaz, 63).
Ogohlantirishlar: Bardi (77), Elmaz (84).

Albaniya – Lixtenshteyn 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Roshi, 2:0 – 78 Agoli.
Albaniya – Berisha, Xyusay, Ayyeti, Agoli, Mavray, Basha, Abrashi (Xyuka, 83), Roshi, Memushay (Kukeli, 77), Grezda (Axmedi, 86), Lulaku.
Lixtenshteyn –    Yyele, Kaufmann, Geppel, Malin, Xasler, Vizer, Burgmayyer (Brendle, 79), Byuxel, Salanovich, Frik (Erne, 65), Kvintans (Yildiz, 80).
Ogohlantirishlar: Malin (16), Kvintans (61), Kaufmann (69), Byuxel (81).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid