Isko bir paytlar ispan futbolining eng yorqin yoş futbolçilaridan biri bölgan, öz vaqtida öşa maşhur «Barsa uçligi» qatorida tilga olinar, «Real» hatto uni deb Mesut Özildek futbolçini öylab ötirmay sotib yuborgandi. Ammo futbolçining faoliyati kutilgandek keçmadi, sönggi paytlarda esa, umuman futboldan çetda qoldi, «Sevilya» bilan şartnomasini bekor qildi. Yangi mavsumda esa hammasi boşqatdan boşlanişi mumkin.
U öz faoliyatini «Betis»da davom ettiradigan böldi: klub ispaniyalik futbolçi bilan erkin agent sifatida bir yillik şartnoma tuzganini rasman e’lon qildi. Iskoni «Taxtlar öyini» serialiga havola ölaroq, Jon Snouning tiriliş sahnasini, ortidan esa, futbolçining özini qahramon obrazida namoyiş qilişdi.
⚔🛡🐺
— Real Betis Balompié 🌴💚 (@RealBetis) July 26, 2023
Entrego mi vida y mi honor a la Guardia del Real Betis Balompié, durante esta noche y todas las que estén por venir. pic.twitter.com/3ER8QphTO8
Öxşatiş örinli, zero Isko ham qariyb sakkiz oydan beri futbol öynamayotgandi, uning sönggi rasmiy öyini ötgan yilning noyabr oylariga töğri keladi. 31 yoşli futbolçi Andalusiyaga ketiş oldidan Marca naşriga intervyu berdi. Unda Isko ança oçiq gapirdi, muxlislar va matbuot uçun jumboq bölgan Monçi voqeasi, Berlin klubiga transferi mavzulariga oydinlik kiritdi.
Nega beş yil sukut saqladi?
«Sönggi vaqtlarda jurnalistlar qarşisiga çiqiş biroz noqulay bölgandi. Sport jurnalistikasining bugungi holati menga yoqmaydi – avval xabarni çop etişadi, ana undan keyin faktlarga töxtalinadi. Eng avvalo, hammamiz tirik jonmiz, oilamiz, bolalarimiz bor. Ba’zi notöğri xabarlar tarqalganda bizga zarar keltiradi», – deydi u.
Şu bilan birga, futbolçi uzoq vaqt sukut saqlaganini xato bölganini ham tan oldi: «Odamlar darhol nima bölganini bilişi kerak. Köp işlar böldi, mening ham aybim bor, ammo hammasida emas. Vaqti vaqti bilan yelkadagi katta toğni ağdarib taşlaş, ya’ni hammasini odamlarga yetkaziş kerak».
«Real»da nega hammasi çappasiga ketgandi?
2018 yilda köriçak operatsiyasidan söng, şifokorlar maydonga tez qaytmasligim kerakligini maslahat bergandi, ammo aynan öşa paytlarda jamoa qiyin holatga tuşib qoldi, avval «Alaves», keyin TsSKAdan mağlubiyatga uçradi. Şuning uçun tezroq qaytib jamoaga yordam berişim kerak, deb hisoblagandim. Lopetegi ketib, Solari boşqaruvga kelgaç, muammolar paydo böla boşladi. Isko borligi köpçilikning xayolida ham yöq edi, heç kim menga nega maydonga tuşmayotganimni tuşuntirib ham bermasdi. Solari hammasi joyida ekanini aytar, ammo masalan, «Melilya»ga qarşi öynayman, keyin birdaniga hatto qaydnomaga ham kiritişmaydi. Heç kim qöllab-quvvatlamasdi ham.













