Fan-texnika | 23:31 / 04.09.2017
6028
6 daqiqa o‘qiladi

LG'ning birinchi "aqlli" ekotizimi  Amazon Alexa va Google Assistant platformalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: LG

LG'ning "aqlli uy" ochiq strategiyasi ikki eng mashhur shaxsiy intellektual yordamchi servislarini qo‘llab-quvvatlaydi

LG Electronics (LG) imkon qadar ko‘proq turli intellektual platforma va servislar bilan hamkorlik qilishga harakat qilib, o‘zining "aqlli uy" hamkorlik strategiyasi ko‘lamini kengaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. LG kompaniyasi ochiq hamkorlik, ochiq platforma va ochiq ulanish strategiyasiga amal qilar ekan, unga nafaqat "aqlli" maishiy texnika, balki mehmon kutish, inshootlarni tozalash va bog‘dagi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan robotlarni ham kiritib, o‘zining "aqlli uy" ekotizimini izchil rivojlantirdi. Endi esa LG 1-6 sentabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2017 ko‘rgazmasida o‘z mehnat mahsulini namoyish qilishga tayyor.

LG kompaniyasi o‘zining 2017 yildagi barcha qurilmalariga Wi-Fi modulini o‘rnatib, iste'molchilar uchun ulanish va ular bilan ishlash vazifasini soddalashtirdi. LG'ning  webOS intellektual platformasidagi Smart Insta View Door-in-Door™ muzlatgichi Amazon Alexa ovozli servisi taqdim etuvchi barcha qulay funksiyalarga to‘liq muvofiq keladi. Alexa 15 mingdan ortiq turli imkoniyatlarning amalga oshishi tufayli ming xildagi "aqlli" maishiy jihozlar ishini nazorat qilishi, musiqa ijro etishi, avtomobilning texnik tekshiruv va xizmat ko‘rsatish sanasini belgilashi, taymerlar o‘rnatishi va ko‘plab boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.

GoogleAssistant servisining Android operatsion tizimidagi smartfonlar yoki iPhone'ga o‘rnatilgan GoogleHome orqali LG'ning barcha "aqlli" maishiy jihozlari bilan to‘liq muvofiqlashishi 2017 yilning yangiligi bo‘ldi. Foydalanuvchilar GoogleAssistant yordamida qator vazifalarni bajarishlari mumkin, masalan, kir yuvish jarayonining tugashiga qancha vaqt qolganini aniqlash yoki muzlatgichda ko‘proq muz tayyorlash - bularning bari qo‘llar ishtirokisiz amalga oshadi. GoogleHome'dagi yordamchi ovozdan taniy olar ekan, bu qiziqarli jarayonda oilaning barcha a'zolari ishtirok etishi mumkin.

Ikki intellektual ovozli platformadan biriga LG "aqlli uy" ekotizimining nazorat markazi bo‘lgan LG SmartThinQ™Hub orqali ulanish mumkin. SmartThinQHub "aqlli" qurilmalar, shuningdek  Wi-Fi, Zigbee va Bluetooth orqali SmartThinQ datchiklariga ulanuvchi oddiy jihozlardan ma'lumotlarni yig‘ib, LG intellektual platformasining faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.

Bu ma'lumotlar foydalanuvchilarga LCD-ekran xabarlari fomatida namoyon bo‘ladi yoki o‘rnatilgan dinamik orqali ovozli xabarlar bilan yetkaziladi.

LG kompaniyasi Berlindagi ko‘rgazmada ilk marta Yevropada o‘zining "aqlli" robotlarini namoyish etadi, eng sermulozamat HubRobot roboti ham shular jumlasidandir. Bu robot shunchaki oddiy yordamchi emas: u LG'ning boshqa "aqlli" qurilmalariga ulanish uchun ovozdan tanish texnologiyasini qo‘llaydi, bu esa uydagi kundalik ishlarni yengillashtiradi. Kir mashina quritgichini qaynoq rejimdan ilig‘iga o‘tkazish yoki qo‘shni xonadagi konditsionerni yoqish kabi vazifalarni topshirish uchun talab qilinadigan yagona narsa - ovozli buyruq berish.

Aeroportlar uchun robot-gidirobot-changyutgich LG kompaniyasining jamoatchilik joylarida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan robotlarni ishlab chiqarish sohasidagi ishlanmalari asosini tashkil qiladi. LG'ning ovozdan tanish platformasi tufayli robot-gid Inchxon xalqaro aeroportidagi eng mashhur to‘rt til - koreys, ingliz, xitoy va yapon tillarini tushunadi. U qo‘nish talonini skanerlab, yo‘lovchiga reys, shuningdek maqsadli manzil vaqti va ob-havosiga doir zarur ma'lumotlarni bera oladi. Bu xushmuomala robot allaqachon Koreyaning eng yirik aeroportida ishga tushib, mehmonlarni iliq qarshilamoqda va kechikayotgan yo‘lovchilarni qisqa yo‘l orqali uchish yo‘lagiga kuzatib qo‘ymoqda.

LG'ning IFA ko‘rgazmasida Yevropada ilk debyuti kutilayotgan LawnMowingRobot roboti bog‘ ishlarini tartib bilan, ishonchli va, asosiysi, xavfsiz bajaradi. Ko‘plab zamonaviy datchiklar bilan jihozlangan LawnMowingRobot, aeroportlarda ishlashga mo‘ljallangan robotlar kabi, istalgan vaqtda o‘zining joylashuv joyini aniqlaydi va o‘z yo‘lida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha to‘siqlarni nazoratga oladi va shu tariqa o‘z faoliyati samaradorligini oshiradi.

"Ovozdan tanish texnologiyasining rivoji bizning Internet buyumlar va "aqlli" qurilmalar sohasidagi texnologiyalarimizning targ‘ibotida asosiy rol o‘ynaydi, - deya ta'kidlaydi LG Electronics Home Appliance&Air Solutions kompaniyasi prezidenti Song Daxyun. - LG'ning ochiq platforma falsafasiga rioya qilib, biz o‘z iste'molchilarimizga sohada muqobiliga ega bo‘lmagan turli ustunliklar va servislarni taqdim etishimiz mumkin. Biz Google, Amazon va shu sohadagi boshqa o‘yinchilar bilan aloqalarni mustahkamlab, to‘rtinchi sanoat inqilobiga muvaffaqiyatli qadam tashlamoqdamiz".

LG kompaniyasi shu haftaning jumasidayoq IFA ko‘rgazmasi mehmonlarini o‘z stendiga taklif qilib qoladi. U yerda mehmonlar LG'ning "aqlli" maishiy jihozlaridan iborat ajoyib olamga g‘arq bo‘lishadi va intellektual jihozlash, energiya ta'minoti, xavfsizlik va konditsionerlar bilan bog‘liq uy tizimini yaratish uchun xizmat qiluvchi turli Internet buyumlar to‘plamini shaxsan ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid