Çorvoq böyida kurort şaharça qurişmoqçi. Bu – Özbekiston tabiatiga xavfmi?
|23:59 / 11.07.202520 06125 min
Faollar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari quriliş işlari sababli içimlik suvi ifloslanib, uning sathi keskin tuşib ketişidan, qolaversa, hududdagi daraxtlar kesilib, yaşillikka putur yetişidan, odamlar suv sohiliga kirişiga çeklovlar kiritilişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Sönggi haftalarda Çorvoq suv ombori sohilida yangi Sea Breeze Uzbekistan kurort majmuasi qurilişi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölmoqda.
Loyiha haqida qisqaça
Bunday reja ötgan yil dekabrida, ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarov loyihani Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga taqdim etganida ma’lum bölgandi.
Loyihaga köra, unda dam oliş, çömiliş va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar böladi. Xalqaro brendlarning dökonlari, restoran va xizmat şoxobçalari oçiladi. Turli festivallar, konsertlar va boşqa madaniy tadbirlar ötkaziladi.
Ikki qirğoq örtasida köprik qurilib, keluvçilarga qulaylik oşirilişi, kelajakda öziga xos turizm habiga aylanib, unda yil davomida dam oliş va yaşaş mumkin bölişi közda tutilgan.
Şavkat Mirziyoyev 2025 yil aprel oyida sayyohlik oromgohining boş rejasi bilan tanişgandi. Davlat rahbari bu loyiha barça sayyohlarga qulay bölişi lozimligini ta’kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.
Loyiha Çorvoqning 577 gektar yer maydonini egallaşi közda tutilgan. Dastlabki bosqiçda 100 gektar hudud qamrab olinadi.
Bu hududda mehmonxona binolari, turar joylar, dam oliş va köngiloçar infratuzilmadan iborat kiçik şaharça quriş rejalaştirilgan.
Faollar va blogerlar nima deydi?
Toşkent şahri va atrofdagi hududlar uçun asosiy çuçuk suv manbayi hisoblangan manba – Çorvoq suv ombori böylarida xalqaro turizm markazi qurişni közda tutuvçi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikka sabab böldi.
Mavzuga oid
Ekobloger Urikguli (Mötabar Xuşvaqtova) Instagram sahifasida uşbu loyiha haqida ekspertlar va inflyuyenserlarning fikrlari töplangan videoni e’lon qilgan jtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab böldi – video hozirgaça 1,4 mln marta körildi, uning ostida #saveChorvoq heştegi bilan 7 mingga yaqin izoh yozilgan. Videoda qatnaşganlar bölajak kurortning Çorvoq suv omboridagi gidrologik muvozanatiga ta’siri haqida xavotirli fikrlarini bildirişgan.
Xususan, tabiiy fanlar doktori, mikroblar ekologiyasi, atrof-muhitni muhofaza qiliş va qişloq xöjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça mutaxassis Yulduzxon Abdullayevaning aytişiça, ayni loyiha sabab hududdagi bioxilmaxillikka şikast yetişi mumkin.
«Birinçi navbatda bioxilmaxillik katta zarar köradi. Çunki Çorvoq suv ombori va uning atrofida Özbekistonning eng noyob ösimliklari va hayvonlari yaşaydi. Köplab quriliş materiallarini öşa hududga taşiş talab etiladi. Bizda suv yöli bölmagani uçun quruq yöldan taşiş amalga oşirilişi kerak, bu esa havo ifloslanişiga olib kelişi mumkin. Favvoralar, basseynlar taşkil etilsa, albatta Çorvoq suvidan foydalanişga töğri keladi va bu suvdan köp foydalaniş Çorvoqning gidrologik muvozanatini buzişi mumkin.
Environmental impact assessment amalga oşirilişi lozim. Bu ekologik baholaş degani. Natijasi ommaga e’lon qilinişi şart va buni biz bilişimiz hammaning huquqi hisoblanadi. Ekologik baholaşdan natijasi yaxşi çiqmasa, bu quriliş bekor qilinişi kerak», – deydi u.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti kiçik ilmiy xodimi Alişer Xudoyberdiyev esa buning qişloq xöjaligiga ham salbiy ta’siri bölişini taxmin qilgan.
«Qayiqlar, motorli qayiqlar böladimi – barça-barçasida suvning sifatini özgartiruvçi bölgan zaharli moddalar quyilişi ehtimoli juda yuqori. Suv sifati yomonlaşganidan keyin u töğridan töğri aholiga yetib borişi ham mumkin. Qişloq xöjaligi maydonlariga borsa, u yerdagi ekinlarning özgarişiga ham olib kelişi mumkin», – degan xodim.
Urbanist Iskandar Soliyev quruvçi investorlarning reallikda aytgan va’dalari bajarilmayotgani, qurilişlar nazoratsiz qolayotganini bildirgan.
«Suv ombori atrofida bunday katta loyiha amalga oşirilişi xato qarorlardan deb öylayman. Emin Agalarov öz videolarida ekologik tomonlarini hisobga olgan holda suv tozalaş qurilmalarini işlatib, şundan söng quriliş boşlanişini aytyapti. Lekin Özbekistonda ekanimizni hisobga olsak, bilamiz, kimki nimadirni qurişdan oldin qanday va’dalar bersa, baribir ertaga amalda u narsa bölmaydi. Asosiy xavotir şundan», – deydi Soliyev.
Loyiha asosçilari nima deydi?
Loyiha asosçisi, ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarov bu munozaralar ortidan Özbekiston mediasi vakillari bilan Bokuda uçraşuv ötkazib, Sea Breeze’ning muqobili bölişi kutilayotgan loyiha bilan taniştirdi va savollarga javob qaytardi.
U hududda ayrim daraxtlar kesilişi mumkinligini tan olgan, şu bilan birga, bu daraxtlar örni köproği bilan qoplanişi, Çorvoqdagi oqova suvlar yiğilib, suv sifati yaxşilanişiga va’da bermoqda.
Agalarov bu borada mahalliy va xalqaro ekspertlar kengaşi tuzilişini, har bir muhokamali masalalarda ekspertiza ötkazilib, natijalari e’lon qilinişini bildirdi.
Quyida Agalarov bilan bölgan intervyu keltiriladi.
– Loyiha Çorvoqqa xavf tuğdirmaydimi?
– Tarmoqlarda izohlarni öqiyapman, yozişyaptiki: xuddi biz «suvni ifloslantiramiz, hamma narsani buzamiz» va hokazo. Bu borada mening oddiy pozitsiyam bor. Bugungi kunda Çorvoq şundoq ham xavf ostida.
Ayni vaqt sodir bölayotgan voqealar: suv sifati yaxşilanmay, aksinça yomonlaşayotganini tuşunib turibmiz. Çunki, birinçidan, hududda oqova suvlar yiğilmaydi. Ikkinçidan, Özbekistondagi qurilişlar tartibsiz olib boriladi.
Hozirda u yerda «şambo» (kanalizatsiya suvlari germetik çuqurlikda yiğilib, maxsus texnika yordamida tozalanadigan) tizimidan ham foydalanişmoqda. Men ekologiya vaziringiz bilan gaplaşdim. Heç narsani nazorat qilişning iloji yöq, çunki hozir kimdir nimadir qurgan, uning hojatxonasidagi taşlanmalar yerga oqizilgan, u oqova suvlar esa suv omboringizga quyilgan vaziyat. Buning oqibatida suv xiralaşişi, agar çora körilmasa, öz-özidan uning sifati tuşib ketişi aniq.
Mening taklifim şunday: vazirlik bilan muhokama qilganimizdek, butun Çorvoq böylab umumiy kollektor örnatib, birinçi navbatda kanalizatsiya va oqova suvni yiğiş kerak. Bu – biz Bokuda qilgan işimiz. Bu yerdagi suv sifati sönggi 10 yil içida har yili yaxşilanib bormoqda. Çunki tobora köproq mahalliy aholi ham kollektorlarimizga ulanyapti va şunga mos ravişda dengizga tuşadigan kanalizatsiyadan xalos bölyapmiz.
10 yil avval yozda suvdan yoqimsiz hid keladigan mavsumlar bölardi. FVV har yili barça plyajlarda, şu jumladan, biznikida ham suv tahlilini ötkazadi. Bu yil köplab plyajlar suv sifati talabga javob bermagani uçun oçilmadi. Bizning plyaj esa bugungi kunda eng tozasi bölib çiqdi. Bu dengizni tozalaganimiz uçun emas, balki qirğoq çiziği bilan töğri işlaganimiz uçun. Bu birinçi fakt.
Ikkinçi muhim fakt. Ozarboyjonda qonun böyiça yer sotib olsangiz, dengizdan 50 metrdan yaqinroq masofada quriliş qila olmaysiz. Men bu yerlarni ataylab sotib olib, quriliş çiziğini taxminan 400-500 metr ortga surdim. Plyaj juda keng. U yerda kafe, restoran, yöl va bulvarlar bor. Men bu jamoat zonasini saqlab qoliş va dengizga yaqin qurmaslik uçun qurilişni orqaroqqa surdim. Çorvoqda ham şunday qilamiz.
Çorvoq va unga tutaş yerlar bir neça ön ming gektarni taşkil etadi. U yerda nima qilsak ham, bu kimgadir yoqmasa ham, bu butun Çorvoqning 1 foizini taşkil etadi. Lekin hamma menga yopişib oldi, göyoki men u yerda hamma joyda quriliş qilib, buzib taşlayman. 1 foiz!
Bu loyiha Çorvoq suvi, suv ombori uçun qanday xavf tuğdirişi mumkin? Bizni muayyan ekologik normalarga rioya qilişga majbur etadigan qonunlar bor. Qurilişda ekologik toza materiallardan foydalaniş kerak. Loyihani ekologiya, şaharsozlik boşqarmalari, FVV va yonğin xavfsizligi xizmati bilan işlar boşlanişidan oldin kelişiş kerak.
Biz bu protseduralardan qonuniy ravişda ötişimiz lozim. Obektni foydalanişga topşirişda ulardan yana qayta ötamiz, barça instansiyalar kelib, öz tekşiruvini ötkazadi. Bu – bizning majburiyatimiz, aks holda biz qonunni buzamiz, heç narsani foydalanişga topşira olmaymiz, sota olmaymiz va odamlarga biz qurayotgan köçmas mulk uçun hujjatlarni bera olmaymiz. Bu – biz qilişimiz şart bölgan işlar.
– Energetika va infratuzilma tizimi qanday böladi?
– Biz muqobil energetikaga jiddiy qarayapmiz. Şunga köra, barça yassi tomlarni quyoş panellari bilan qoplaşni rejalaştiryapmiz. Birinçi bosqiçda, adaşmasam, 45 ta bino quyoş batareyalari bilan jihozlanadi. «Aqlli» texnologiyalardan foydalanamiz.
Men yaqinda Rossiyada «SberSiti»da böldim, ular ajoyib konsepsiya öylab topişibdi. Biz hozir tender ötkazyapmiz – har bir kvartiraga boşqariş imkonini beruvçi planşetni integratsiya qiliş. Bu pardalarni oçib-yopiş, çiroqni öçiriş funksiyalaridan taşqari, kvartiradan çiqayotganda bitta tugma bilan butun uydagi çiroqni öçiriş imkonini beradi. Bu apart-otellar prinsipi asosida böladi.
Infratuzilmaga kelsak, biz bu yerda 17 yil davomida kommunikatsiyalarsiz yaşadik. Markaziy kanalizatsiya yöq edi, tozalaş inşootlarini örnatişga majbur bölgandik. E’tibor bergan bölsangiz, bizda hozir kanalizatsiya suvini qayta işlaydigan va keyin suğorişga yönaltiradigan tozalaş inşootlari yöq. Ilgari ularning soni yuzlab edi.
Keyin markaziy kanalizatsiya tarmoği faqat Sea Breeze’ga emas, balki butun 50 kilometrlik qirğoq çiziğiga tortildi. Barça mahalliy aholi, qöşnilarimiz ham unga ulandi. Davlat «ha, endi bu mintaqaning infratuzilmasi va kommunikatsiyalariga sarmoya kiritiş mumkin» degan qarorga keldi.
Xuddi şu narsa Çorvoqda ham sodir böladi. Nega hozir u yerda markaziy kanalizatsiya yöq? Çunki bu davlat uçun foydali emas. Milliardlab dollar jalb qiladigan investitsiya loyihasi kerak, şundan söng davlat «ha, endi bizda şunday imkoniyat paydo böldi, investitsiyalar keldi, kelinglar u yerga yana bitta yöl quramiz, kanalizatsiya qilamiz, elektr ötkazamiz» degan qarorga keladi.
– Quriliş sabab daraxtlar va bioxilmaxillikka zarar yetmaydimi?
– Tabiiyki, binolar quriliş maydoni uçun daraxtlarning bir qismini tozalaşimiz va köçirib ötkazişimiz kerak böladi. Biz ularning hammasini saqlab qolişni istaymiz. Lekin gap bunda emas. Bu yerda [Ozarboyjonda] 10 million tup ösimlik va daraxt ekilgan. Ekkanlarimizning 90 foizi bizgaça Ozarboyjonda umuman bölmagan.
Biz Çorvoqqa aksinça, yangi ösimliklarni qöşmoqçimiz. Hozirda biologlarimiz aynan şu ustida işlaşmoqda, ular daraxt, ösimlik va butalarning navlarini aniqlaşyapti.
Önlab, ehtimol, yuzlab ilgari u yerda mavjud bölmagan navlar böladi. U yerda hozirça hammasi biroz tartibsiz, tabiiy holatda va tarixan ösadigan beş xil daraxt turi bor, xolos. Bu albatta juda çiroyli körinadi, buni inkor etmaymiz. Ammo biz şunday ösimliklar, daraxtlar qöşmoqçimizki, ular aniq şaklga, öziga xos uslub va konsepsiyaga ega bölsin. Xuddi bu yerda biz yaratgan köplab boğlar kabi u yerda ham ana şunday tizimlaştirilgan yaşil hududlar taşkil qilmoqçimiz.
Men developer sifatida öz oldimga oddiy bir vazifani qöyganman. Agar bu yerda sayr qiliş uçun umumiy hududlar, boğlar, sohil böyidagi plyaj zonalari bölgan gözal, zamonaviy muhit yaratmasam, öşa köçmas mulkni sotolmayman, uni oxirigaça qurib tugatolmayman, bu yer yana davlat tasarrufiga qaytadi va men töliq muvaffaqiyatsizlikka uçrayman.
Vazifam – buning aksi. Bu yerda eng avvalo infratuzilma yaratdim: millionlab daraxtlar ekdim, yölaklar, bulvarlar, sayr qiliş joylarini taşkil qildim, tört turdagi çiqindilar uçun alohida axlat qutilarini örnatdim, golfkarlar (kiçik elektromobillar) olib keldim, dastlabki restoran va köngiloçar joylarni qurdim, bir neça festival ötkazdim. Şunda odamlar keldi, kördi va aytdi: «ha, bu yerda yaşasa böladi». Axir bu – biznes.
Men mamlakatga olib kiraman deb aytgan investitsiyalar va bunday yirik loyihalar kamida 10 milliard dollar degani. Bu şunçaki pul emas. Buning uçun butun bir ekotizim yaratiş kerak. Şunday ekotizimki, u investorni işonç bilan qaror qabul qilişga undasin. Investor birinçi navbatda nima deb söraydi? «Men pul tikyapman, bu yerda yöqotmaymanmi? Nega işonçim komil bölişi kerak?» Şu yerda ekologik omil asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Bu – birinçidan.
Ikkinçidan, ekologik jihatdan noqulay joyda köçmas mulkni sotişga uriniş – bu developer qilişi mumkin bölgan eng nodonlarça qaror böladi. Aksinça, biz bu hududda ekologiyani tiklaşimiz kerak: odamlar hozir bu yerda nima bölayotganini tuşunişi, Çorvoqni kanalizatsiya va oqova suvdan xalos qilişimiz, çiroyli ösimliklar, daraxtlar ekişimiz va butun sohil böylab infratuzilmani töğri taşkil qilişimiz kerak.
– Quriliş çiqindilari qayerga ketadi?
– Bu masala xuddi şu yerda qanday hal etilsa, Çorvoqda ham şunday böladi. Biz ham dengiz böyida quriliş qilyapmiz. Quriliş çiqindilari maxsus kompaniyalar tomonidan olib çiqiladi va utilizatsiya qilinadi. Axir çiqindi yonida siz mulk sotolmaysiz-ku. Yöl kengaytiriladi, köprik quriladi, yana bir yöl barpo etiladi. Quriliş materiallari va çiqindilarni olib ötiş uçun aynan şu yöl tanlanadi. Quriliş çiqindisiz bölmaydi.
Şunçaki ma’lumot uçun aytaman, hozirda Çorvoqda keng kölamli quriliş işlari olib borilmoqda. Hajmi jihatidan u işlar men qurayotgan loyihadan kam emas, deb öylayman. Faqatgina bu qurilişlar turli nuqtalarda olib borilayotgani sababli uni bitta joyda köra olmaysiz. U yerdagi çiqindi qayerga ketyapti, sizningça? U ham qayergadir yöqolayapti.
Agar davlat Çorvoqdagi barça quruvçilar bilan töğri muloqotni yölga qöya olsa, men bilan işlaş eng osoni böladi, çunki men yagona hududda quriliş olib boraman. Agar men çiqindi taşlasam, uni darhol köriş mumkin, kelib tekşiriş, meni tanqid qiliş yoki jarimaga tortiş mumkin.
Men çiqindilarni atrofga taşlamoqçi emasman, çunki siz aytgan ekologik masalalar – bu yerda eng avvalo men özim manfaatdor bölgan masalalardir. Çunki men köçmas mulk sotişim uçun bu muammolar hal bölişi kerak. Demak, bu şunçaki bir vazifa emas, agar men bu masalalarni hal qilmasam, u yerda heç nima sotolmayman, biznes bölmaydi va heç narsa çiqmaydi.
– Loyiha uçun ekologik ekspertiza ötkaziladimi?
– Ekspertizadan ötkazmaslik noqonuniy böladi. Ya’ni agar men bu ekspertizalarni ötkazmasam, qamoqqa tuşişim mumkin. Men esa, oçiği, qamoqda ötirişni istamayman. Bu – birinçi jihat.
Ikkinçidan, biz bu yerda nima qildik: mahalliy aholi bilan jamoatçilik eşituvlarini ötkazdik. Aynan şunday oçiq eşituvlar Çorvoqda ham ötkaziladi. Çunki aholi orasida «bu yerda nima böladi?», «qanday amalga oşiriladi?», «nima reja qilinmoqda?» degan tuşunmovçiliklar bölişini istamayman – bu haqda aniq axborot bölişi kerak.
Şu bois, biz hozir maxsus işçi guruh tuzyapmiz. Men bilan bu yerda Firuza Sulton-zoda xonim işlamoqda – u mustaqil ekolog, professor, endilikda esa mening doimiy ekologik maslahatçim. Firuza xonim hozirda Sea Breeze loyihasi böyiça ekologik tahlil ötkazmoqda. Balki men nimanidir nazardan qoçirgandirman, qandaydir omillarni hisobga olmagandirman. U menga aniq tavsiyalar beradi va men ularni albatta amalga oşiraman. Çunki bu men uçun ham bevosita manfaatli.
Firuza xonim orqali xalqaro ekologlarni ham jalb qilamiz va ularning iştirokida ekologik masalalarni hal qiliş böyiça maslahat kengaşi tuzamiz. Bunday masalalarni men faqat Çorvoqda emas, balki boşqa hududlarda ham qilişim kerak böladi. Biz Sea Breeze ’ni Issiqkölda (Qirğiziston), Qozoğiston toğlarida, Ozarboyjondagi Şaxdagda, Turkiyaning Bodrumida, Çernogoriyada – ya’ni har yerda suv manbalariga yaqin joylarda qurişni rejalaştiryapmiz.
Demak, daryolar, köllar, suv omborlari – qayerda Sea Breeze qurilişi mumkin bölsa, öşa yerda ekologik masalalar dolzarb böladi. Şuning uçun men bu muammoni har bir joyda alohida emas, balki umumiy, tizimli tarzda – xalqaro ekologlar bilan hamkorlikda yeçmoqçiman.
Işoning, men ekologlar jamoasi oldiga juda aniq vazifa qöyganman: «dunyodagi eng ekologik şaharni barpo etiş». Maqsadim – «Yaşil kalit» (Green Key) sertifikatini qölga kiritiş va odamlar orasida işonç uyğotiş. Biz qilayotgan iş şunçaki biznes emas, bu avvalo ekologiyaga xizmat qiluvçi taşabbus. Aks holda, bu şaharlar heç qaçon haqiqiy darajada zamonaviy va jozibali böla olmaydi.
– Qança iş örni yaratiladi?
– Bu yerda Sea Breeze oçilgani sababli turistlar soni oşdi, ular köproq mablağ sarflayapti, aholi bandligi oşyapti. Hozirda menda 27 ming nafar rezident va 7 ming nafar xodim bor. Ulardan ming nafari – bu yerda tarixan yaşab kelgan qöşnilarim. Ular munosib iş haqi olişmoqda, işlamoqda va oilasini boqmoqda.
Çorvoqdagi loyihada qança işçi örni bölişi haqida hozirça aniq aytiş qiyin, ammo bugungi holatga qarab aytadigan bölsam, ayni vaqt mening ştatimda 7 ming xodim bor. Şunga qöşimça, taxminan 15 ming kişi turli sohalarda – kafe, restoranlar, subpudratçi taşkilotlar, lift örnatiş, plyaj klubi yoki basseyn tozalaş işlari bilan şuğullanuvçi, bevosita menga boğliq bölmagan xodimlar sifatida faoliyat yuritişmoqda.
Agar keyingi yilda 55–57 ming nafar rezident bölişini kutayotgan bölsam, töğridan töğri işga olingan xodimlar soni taxminan 15 ming atrofida böladi.
– Loyiha qaçon amalga oşirilişi kutilmoqda?
– Agar özbek hamkorlarimizdan hammasi tez ötsa, men ham tezda boşlayman. Ammo men heç narsani qonunga xilof tarzda qila olmayman. Barça kelişuv jarayonlarini yakunlaganimiz zahoti qurilişga kirişamiz. Menimça, agar qaror yaqin orada imzolansa, kelasi yozdayoq dastlabki infratuzilma obektlarini namoyiş eta olamiz. Heç bölmaganda bir kilometrlik bulvar quramiz, uni obodonlaştiramiz, daraxtlar ekamiz, quriliş hududi bilan umumiy hudud orasiga tösiq örnatamiz. Bulvar keng böladi, u yerda hojatxonalar, kiyim almaştiriş xonalari, plyaj klublari, hattoki basseynlar qurişga ulguramiz. Bu hududdan çömiliş, quyoşda toblaniş, dam oliş uçun hamma foydalanişi mumkin böladi.
Dastlabki bosqiçda taxminan 300 ming kvadrat metr maydon qurilişi rejalaştirilgan. Buning uçun bizga taxminan 400–450 million dollar kerak böladi. Umuman olganda, 7 million kvadrat metr salohiyatli quriliş maydoniga ega bölgan loyiha uçun umumiy investitsiyalar 10 milliard dollarni taşkil qiladi. Bu raqam oşişi ham mumkin. Masalan, hozirgi Sea Breeze loyihasining özi 22 kilometr hududni qamrab oladi, 1,5 ming gektar, 25 million kvadrat metr maydon qurilişi közda tutilgan. Bu loyiha qiymati taxminan 60 milliard dollar atrofida.
– Işlar ketma-ketligi qanday, dastlab nima qilinadi?
– Bizning «yöl xarita»miz quyidagiça: avval hududdagi mavjud muammolarni aniqlaş, ya’ni quriliş boşlanişidan avval nimani yaxşilaş mumkinligini körib çiqamiz – bu ekologik omillarni tuzatiş va hozirgi holatni yaxşilaşga xizmat qiladi.
Ikkinçi bosqiç – xalqaro ekologlar va ekspertlar kengaşidan tavsiyalar olişdir. Qonun bizni bunga majbur qilmaydi, bu ixtiyoriy tavsiyalar böladi. Ammo bu – qanday qilib maksimal darajada ekologik loyiha qiliş mumkinligini körsatib beradi.
Va, albatta, mening vazifam aynan şudir. Men bu yerda bolalarim bilan yaşayman. Eng kiçik qizim 6 yoşda. Şubhasiz, men ekologiya saqlanişini xohlayman, lekin bu bilan birga xavfsizlikni ham ta’minlamoqçiman: avtomobillar yurmasin, bolalar maydonçalari bölsin – bular men uçun ustuvor masalalardir.
Oddiygina bir stereotip bor: tadbirkorga xuddi yomon odam, öğri, faqat pul işlaşni istaydigan kişi sifatida qaraladi. Ammo birinçi navbatda, men Çorvoqda nima qursam, öşa yerda qoladi. Men uni özim bilan olib ketolmayman. Obodonlaştiriş nuqtayi nazaridan biz nima qilsak, undan hamma foydalanadi: ham turistlar, ham mahalliy aholi, ham u yerga doimiy yaşaş uçun köçib kelganlar. Ya’ni, heç nima yopib qöyilmaydi. Bu yerga har kuni, ayniqsa mavsumda, ön minglab odamlar keladi, dam oladi. Ular orasida xorijiy mehmonlar, şahar va viloyatlardan kelganlar ham böladi.
– Loyihaning iqtisodiy rentabelligi qanday?
– Bizning foydamiz taxminan 30 foiz böladi. Hozirgaça Sea Breeze – bu mening yagona biznes loyihamki, men u yerdan hali heç qanday daromad körganim yöq va yaqin yillarda ham körmayman. Bizning konsepsiyamiz şunday: olgan foydamning 30 foizini infratuzilmaga sarflayman. Bu faqat ekologiya bilan boğliq emas – bu lunaparklar, akvaparklar, maktablar, şifoxonalar ham qurilişi bilan ham boğliq.
Ötgan yili biz taxminan yarim milliard dollarlik köçmas mulk sotdik. Şundan taxminan 100 million dollar daromad oldik. Ularning barçasi qayta sarflandi. Kökalamzorlaştirişning özi uçun ötgan yili 35 million dollar sarfladim.
Bu – xuddi şahar içida şahar qurişdek gap. Bu yerda şifoxona 3 oy içida oçiladi. Maktablar bitta emas, kamida 10 ta böladi. Universitet, muzeylar qurilişi rejalaştirilgan. Ya’ni bu kiçik kurort şaharça böladi. Men «kiçik» deyapman, lekin bu development kontekstida katta loyiha. Çorvoqda paydo böladigan şaharça butun zarur infratuzilmaga ega bölişi kerak. Odamlar u yerda yil davomida yaşaşi, işlaşi kerak. Mavsumdan taşqari u hudud «ölik» bölib qolmasligi lozim. Bolalaringiz öqişi uçun maktablar, boğçalar bölişi kerak – bularning barçasi bu yerda allaqaçon bor.
Özining ekotizimi bölgan hudud böladi. Ingliz tilida self-sustained green city, ya’ni «özini özi ta’minlovçi yaşil şahar» degan tuşunça bor. Biz aynan şuni Çorvoqda ham amalga oşirmoqçimiz.
Ötgan yili Sea Breeze Ozarboyjon budjetiga jami 45 mln dollar qöşdi va mamlakatdagi 62-eng yirik soliq tölovçisiga aylandi. Mendan oldin asosan davlat korporatsiyalari turadi. Bu 45 mln dollar menga suv, gaz, yöl olib keliş vazifasini qöyiş orqali davlatga ham infratuzilmada iştirok etiş imkonini beradi. Kelgusi yili men 80 mln dollar tölayman.
Ya’ni, kurort loyihasi tufayli davlatda Çorvoqqa sarmoya kiritiş uçun ham köproq imkoniyatlar paydo böladi. Hozir davlat uçun bu qimmat, çunki u yerda odamlar kam, mehmonxonalar yetişmaydi. Men sarmoya kiritayotganim uçun davlat ham bugun sarmoya kirita oladi.
– Plyajlar faqat pulli böladimi?
– Plyaj va sohil çiziği umumiy bölişi kerak. Agar e’tibor bergan bölsangiz, menda pulli va bepul plyaj zonalari ham bor. Bepullari ham xuddi pullilaridek sifatga ega: şunday infratuzilma, kiyim almaştiriş xonalari, hojatxonalar, ona va bola xonasi, futkortlar, kökalamzorlaştiriş, irrigatsiya tizimi – hamma narsa xuddi şu prinsip asosida amalga oşirilgan.
Çorvoq sohil çiziğining uzunligi bir neça yuz kilometr. Biz hozir loyiha böyiça rejalaştirilgan 5–5,5 kilometr haqida gapiryapmiz. Ya’ni Çorvoq uçun bu bir neça foiz, xolos. Çorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan tufayli odamlar baribir butun qirğoq çiziğiga kiriş imkoniyatiga ega bölişadi.