Jamiyat | 17:15 / 04.09.2017
3673
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: kataloniyaliklarning aksariyati mustaqillik referendumi o‘tkazishni yoqlamoqda

Foto: Archivo

Ispaniyaning Kataloniya hududi aholisining yarmidan ortig‘i muxtoriyatning mustaqilligi uchun referendum o‘tkazish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Qirollikning markaziy hukumati buni noqonuniy deb hisoblamoqda. El Español internet-nashri uchun SocioMétrica xizmati tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi haqida ayni nashr sayti xabar qilmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kataloniya aholisidan so‘ralganlarning 55 foizi referendumni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ispaniyaning mazkur muxtor o‘lkasi hokimiyati 1 oktabr kuni shunda siyosiy ovoz berish jarayonini o‘tkaziishni rejalashtirgan. 39,8 foizi qarshi fikr bildirgan, yana 5,3 foizi bir to‘xtamga kelmagan.

Ispaniyaning o‘zida 15,4 foiz aholi referendumni o‘tkazish tarafdori bo‘lsa, 70,6 foiz aholi qarshi fikrda. 14 foiz fuqaro bu borada yakuniy fikrga kelganicha yo‘q. 

Gazetaning yozishicha, Kataloniya jamoat fikrini o‘rganish markazi (Centre d’Estudis d’Opinión) tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir ijtimoiy tadqiqotda muxtoriyat aholisining 71 foizi referendumni ma'qullashi oydinlashgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid