Sport | 10:28 / 04.09.2017
13129
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Lyuksemburg Fransiyada sensatsiya qayd etdi

2018 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida A guruhi vakillari Fransiya va Lyuksemburg o‘zaro 8-tur uchrashuvini o‘tkazishdi. Tuluza shahridagi «Munisipal» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Fransiya 1914 yildan buyon ilk marta Lyuksemburgni yenga olmadi.

Lekin bu durang ham fransuzlar jamoasi Shvetsiyani quvib o‘tib A guruhida birinchi o‘ringa chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. Lyuksemburg ochkolari soni bo‘yicha Belarus bilan tenglashdi.

A guruhida 8 turdan keyingi vaziyat: 1. Fransiya – 17 ochko; 2. Shvetsiya – 16; 3. Niderlandiya – 13; 4. Bolgariya – 12; 5. Lyuksemburg – 5; 6. Belarus – 5.

JCh-2018 saralashi
Yevropa, 8-tur
Fransiya – Lyuksemburg 0:0
(0:0, 0:0)
Fransiya – Loris, Koselni, Kurzava, Sidibe, Umtiti, Pogba, Kante, Lemar, Jiru (Lyakazett, 60), Grizmann (Fekir, 81), Mbappe (Koman, 59).
Lyuksemburg – Juber, Yans, Skenderovich, Maljye, Martinsh Pereyra, Yanish, Till, Filipps, Till (Rodriges, 59), Da Mota (Sinani, 59), Turpel (Xolter, 87).
Ogohlantirishlar: Yanish (51), Sinani (65), Yans (69), Pogba (80).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid