Rossiyalik milliarder va «Alfa-Grupp» egalaridan biri Mixail Fridman Lyuksemburg hukumatiga Yevropa Ittifoqi sanksiyalari doirasida uning aktivlarini musodara qilgani uçun 15,8 milliard dollar tovon tölaş böyiça muzokaralarni boşlaşni taklif qildi. Bu haqda 22 may, çorşanba kuni ikki manbaga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi. Ularning sözlariga köra, Fridman tomonidan körsatilgan summa muzlatilgan aktivlar qiymatining taxminiy bahosidir: sanksiyalar tufayli rossiyalik tadbirkor Yevropa Ittifoqi ekspertlari xizmatlaridan foydalana olmaydi, uning Lyuksemburgdagi kompaniyalariga esa u bilan moliyaviy ma’lumotlarni bilan bölişiş taqiqlanadi.

Fridman aktivlarni muzlatişni noqonuniy deb hisoblaydi 

Fridmanning fikriça, Lyuksemburg aktivlarini muzlatib, SSSR (va uning huquqiy vorisi sifatida Rossiya) bilan tuzilgan investitsiyalarni özaro himoya qiliş töğrisidagi 1989 yilgi şartnomani buzgan. «Vedomosti» manbalarining aniqlik kiritişiça, rossiyalik tadbirkor fevral oyida Lyuksemburg rasmiylariga taklif yuborgan, biroq hozirça javob olmagan. Agar u tovon tölaşdan boş torsa, Fridman BMTning Xalqaro savdo huquqi böyiça komissiyasiga yoki Stokholm arbitraj sudiga murojaat qilmoqçi. 

Mazkur hujjatga köra, bir tomon investorlarining boşqa davlat hududidagi sarmoyalari ekspropriatsiya qilinişi mumkin emas, qaror davlat manfaatlaridan kelib çiqqan holda qabul qilingan va kamsituvçi bölmagan hollar bundan mustasno. 

YeI sudi Fridmanga nisbatan sanksiyalarni qisman bekor qildi

Yevropa Ittifoqi «Alfa-Grupp» konsernining egalari Mixail Fridman va Pyotr Avenga mamlakat ma’muriyati bilan «kuçli aloqalari» uçun şaxsiy sanksiyalar kiritdi. 2024 yil aprelida Fridman va Aven YeI sudida ularga nisbatan joriy qilingan dastlabki sanksiyalarga qarşi çiqişga muvaffaq bölişdi. Sud hujjatida aytilişiça, Fridman va Aven Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid soluvçi harakatlarni qöllab-quvvatlaganliklari haqida heç qanday dalil yöq.

Şu bilan birga, Aven va Fridmanga nisbatan sanksiyalar amal qilmoqda. sud faqat 2022 yil 28 fevraldan 2023 yil 15 martgaça bölgan davrda ularga nisbatan çeklov çoralarini bekor qildi.