Rossiyalik milliarder, "Alfa-Grupp" egalaridan biri Mixail Fridman Hongkong xalqaro arbitraj markaziga (HKIAC) Lyuksemburg holding kompaniyalari orqali unga tegişli bölgan turli mamlakatlardagi aktivlari muzlatilganligi munosabati bilan Lyuksemburgga qarşi 16 milliard dollar miqdorida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda 14 avgust, çorşanba kuni «Vedomosti» gazetasi xabar berdi, jarayonning borişi bilan taniş bölgan suhbatdoş tahririyatga da’voning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Qayd etilişiça, Mixail Fridman manfaatlarini himoya qiluvçi advokatlar orasida Britaniya sobiq boş vaziri Toni Blerning rafiqasi Şeri Bler ham bor. 

Mixail Fridman advokatlarining dalillari

Fridman Lyuksemburg tomonidan Yevropa Ittifoqining uruşga qarşi sanksiyalarini amalga oşiriş doirasida öz aktivlari muzlatilişini noqonuniy deb hisoblaydi va uning mamlakatdagi aktivlari taxminiy umumiy qiymatiga töğri keladigan 16 milliard AQŞ dollari miqdorida tovon puli talab qildi.

«Fridmanning sud jarayonidagi himoyasi Yevropa Ittifoqi tadbirkorga nisbatan sanksiyalarini faqat uning Rossiya fuqaroligi va biznesdagi muvaffaqiyati bilan boğlaydi, bu «jiddiy adolatsizlik» va xalqaro huquqni buzadi, çunki çeklovlar BMT doirasidan taşqarida Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan», — deyiladi xabarda. Boşqa narsalar qatorida, sanksiyalar öz obrösini yöq qildi deb hisoblaydigan tadbirkor ma’naviy zararni qoplaşni talab qildi, uning miqdori kelajakda aniqlanişi kerak. 

Mixail Fridmanning ta’kidlaşiça, Lyuksemburg aktivlarini muzlatib qöyiş bilan bir tomondan Belgiya va Lyuksemburg, ikkinçi tomondan Rossiya vorisi bölgan SSSR örtasida 1989 yilda tuzilgan ikki tomonlama investitsiya şartnomasini buzgan. Mazkur hujjatga köra, bir tomon investorlarining boşqa davlat hududidagi investitsiyalari, agar bunday çoralar belgilangan huquqiy tartibga muvofiq davlat manfaatlaridan kelib çiqqan holda körilmasa va kamsituvçi bölmasa, ekspropriatsiya qilinişi, milliylaştirilişi bölişi mumkin emas. «Ammo bu çora-tadbirlar kompensatsiya tölaş bilan birga bölişi kerak, uning miqdori zarar körgan investitsiyalarning haqiqiy qiymatiga mos kelişi lozim», - deya aniqlik kiritadi «Vedomosti». 

Tadbirkor advokatlarining ta’kidlaşiça, Lyuksemburgga qarşi da’vo sanksiyalar bekor qilingan taqdirda ham qaytarib olinmaydi, çunki ular mijozi aktivlari joriy etilgan çeklovlar tufayli «jiddiy zarar körgan».