Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018’ning 6-ishtirokchisi nomi ma'lum
Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi JCh-2018 uchun Yevropa saralash bosqichining H guruhi 8-turida mehmonda Gretsiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bellashuvning 70-daqiqasida Yan Vertongen belgiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, oradan uch daqiqa o‘tib Zeka hisobni tenglashtirdi, biroq Romelu Lukaku deyarli darhol g‘alaba to‘pini kiritdi.
Belgiya terma jamoasi o‘z ta'qibchilaridan o‘zib ketdi va Rossiyadagi JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, mundialning oltinchi qatnashchisi nomi ma'lum bo‘ldi. Mezbon terma jamoadan tashqari, jahon chempionatiga Braziliya, Eron, Yaponiya va Meksika termalari ham yo‘l olishdi.
Ushbu guruhning boshqa bir uchrashuvida Bosniya va Gertsegovina mehmonda Gibraltar termasini 4:0 hisobida tor-mor keltirdi.
H guruhi turnir jadvali: 1. Belgiya — 22 ochko; 2. Bosniya va Gertsegovina — 14; 3. Gretsiya — 13; 4. Kipr — 10; 5. Estoniya — 8; 6. Gibraltar — 0.

JCh-2018 saralashi
Yevropa, 8-tur
Gretsiya – Belgiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 70 Vertongen, 1:1 – 73 Zeka, 1:2 – 74 Lukaku.
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Manolas, Tsavelas, Stafilidis(Likoyannis, 69), Zeka, Manyatis (Bakasetas, 85), Samaris, Tsiolis, Fortunis(Vellios, 89), Donis.
Belgiya – Kurtua, Vermalen, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Fellayni(Dendonker, 89), Ferreyra Karrasko (Shadli, 79), Dembele (Azar, 74), de Bryuyne, Mertens, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Mene (49), Dembele (50), Samaris (55), Ferreyra Karrasko (76), de Bryuyne(90).
Gibraltar – Bosniya va Gertsegovina 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 35 Jyeko, 0:2 – 65 Kodro, 0:3 – 83 Lulich, 0:4 – 85 Jyeko.
Gibraltar – Ibraim, Olivero, Chipolina, Chipolina, Pons (Pyuzi, 67), Grin(Duarte, 80), Uoker, Bardon, Garsiya, Ernandes, Kassiaro (Kumbz, 86).
Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Tsotsalich (Dumich, 85), Kolashinats, Vranesh, Zukanovich, Vishcha, Yayalo, Xadjich (Milichevich, 67), Lulich, Kodro(Bayich, 79), Jyeko.
Ogohlantirish: Zukanovich (28).
Estoniya – Kipr 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Kyayt.
Estoniya – Aksalu, Pikk, Baranov, Mets, Teniste, Yaager, Antonov, Kyayt, Aner (Vasilev, 82), Zenev (Miller, 78), Pure (Tamm, 87).
Kipr – Panagi, Katelaris, Demetriu, Layfis, Kiryaku, Margasa, Laban, Artimatas, Avraam (Kastanos, 66), Soteriu, Xristofi (Xaralambidis, 87).
Ogohlantirishlar: Demetriu (12), Aner (77).
Mavzuga oid
21:15 / 24.10.2025
Shavkat Mirziyoyev Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashdi
12:23 / 02.09.2025
Belgiya Falastinni tan oladi va Isroilga sanksiyalar qo‘llaydi
12:06 / 22.07.2025
Belgiyada isroillik askarlar G‘azodagi jinoyatlari uchun hibsga olindi
21:13 / 24.03.2025