Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzod ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qirg‘iz respublikasi milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi muvaqqat hukumatning sobiq a'zosi, mamlakat prezidentliigiga nomzod Azimbek Beknazarovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U korrupsiyada ayblanayotgan muxolifat yetakchisi Omurbek Tekebayev foydasiga yolg‘on guvohlik berganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti respublika MXDQ matbuot xizmatiga asoslangan holda.
Muxolifatdagi "Ata Meken" partiyasi yetakchisi, deputat Tekebayev MXDQ xodimlari tomonidan fevral oyida Bishkek aeroportida, YeXHTning Venada bo‘lib o‘tgan parlament assambleyasi sessiyasidan qaytganidan so‘ng qo‘lga olingan edi. Bunga rossiyalik tadbirkor Leonid Mayevskiyning ko‘rsatmasi sabab bo‘ldi. Uning ta'kidlashicha, Tekebayev 2010 yilda Qirg‘iziston muvaqqat hukumati raisi o‘rinbosari bo‘lgan vaqtda mamlakatning eng yirik mobil operatori "Alfa Telekom" YoAJ boshqaruviga kiritish uchun tadbirkordan 1 mln dollar miqdorida pora olgan.
Sudning avgust oyida bo‘lib o‘tgan majlisida Beknazarov va o‘sha vaqtdagi hukumatning sobiq a'zolari Tekebayev foydasiga ko‘rsatma berishgan. Ularning aytishicha, muxolifat yetakchisi konstitutsiyaviy islohotlar masalalariga mas'ul bo‘lgan va xo‘jalik masalalariga aralashmagan. Keyinroq, internet tarmog‘ida go‘yoki Beknazarovning sud vaqtida yolg‘on gapirganini tan olgan audioyozuvlari paydo bo‘ldi.
Ayni vaqtda, MXDQ Bosh prokuratura topshirig‘i bilan audioyozuvni o‘rgangan.
"Shu maqsadda fonoskopik aniqlash tadqiqoti belgilandi. U Olmaotadagi mustaqil ekspertlik idorasi tomonidan o‘tkazildi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, audioyozuvdagi ovoz Beknazarovga tegishlidir. Bunda montaj yoki o‘zgartirish alomatlari mavjud emas", — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Beknazarov Qirg‘iziston MSK tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi. 15 oktabrda respublikada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
12:46 / 08.11.2024