MXX «Vatanparvar» tashkiloti bilan bog‘liq firibgarlik holatini fosh etdi
Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti qoshidagi haydovchilik kurslariga fuqarolarni pul evaziga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ayolni qo‘lga olishdi.
MXX idoralariga Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi "R.Z." murojaat qilib, o‘z arizasida Farg‘ona shahrida yashovchi Gulnozxon ismli ayol undan Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti qoshidagi haydovchilik kurslariga qarindoshini kiritib qo‘yishga yordam ko‘rsatish uchun 1,5 ming AQSh dollari talab qilayotganini bildirgan.
Ushbu ariza asosida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura qoshidagi Departament bilan hamkorlikda tezkor guruh tashkil etildi, ayol yuqori ko‘rsatilgan mablag‘larni Farg‘onadagi xonadonida olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Tergov jarayonida qo‘lga olingan shaxs Marg‘ilon shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz 47 yoshli Gulnozxon Xojibalayeva ekani aniqlandi. U go‘yoki harbiy komissariat (voyenkomat) xodimlari orqali ariza yozgan shaxsning qarindoshini «Vatanparvar» tashkiloti qoshidagi haydovchilik kurslariga kiritib qo‘yish niyatida bo‘lgan.
Ta'kidlab o‘tish lozimki, ushbu kursni bitirgach, «V» va «S» toifasidagi avtotransportni boshqarish uchun guvohnoma olinadi hamda bitiruvchilar majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiga yo‘naltiriladi, u yerda haydovchilar sifatida muddatli harbiy xizmatni o‘taydilar.
Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti G.Xojibalayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168- (Firibgarlik) va 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 03.06.2024
2 haftadan so‘ng: MXX binosi atrofidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:10 / 30.05.2024
Sobiq MXX binosidan daraxtlarni ko‘chirayotgan firma rahbari fotografning boshidan ichimlik to‘kdi
14:44 / 22.05.2024
Sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar kesib, yashirincha olib ketilayotgani aytilyapti
17:04 / 22.02.2024