O‘zbekiston | 13:34 / 05.09.2017
6075
3 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyalovchi organga aylanadi

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ–3221-son qarori bilan Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari, tuzilmasi hamda moliyalashtirish manbalari belgilandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
 
Davlat inspeksiyasining vazifalari:

•  temir yo‘l transportida tashish xavfsizligini ta'minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
•  temir yo‘l transportida foydalanilayotgan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish hamda uni sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tashkil etish;
•  tizimli asosda mulkida temir yo‘llar bo‘lgan yuridik shaxslar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
•  temir yo‘lda tashish xavfsizligi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish va mamlakatimiz manfaaatlarini ifoda etish. 
 
Bundan tashqari, joriy yilning 1 oktabridan boshlab Davlat inspeksiyasi mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi.
 
Ma'lumot uchun: hozirgi vaqtda litsenziyalar berish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Aviatsiya va temir yo‘l transporti sohasida faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinmoqda.
 
Shuningdek, idoraning tuzilmasida Mulkida temir yo‘l bo‘lgan yuridik shaxslar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash  markazi hamda «Temir yo‘l mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK va «Putur yetkazmaydigan nazorat qilish laboratoriyasi» DUK tashkil etildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘l ilmiy-ishlab chiqarish markazi tugatildi.
 
Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi, 7-uy manzili bo‘yicha joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid