Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda IHOKB mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining (IHOKB) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan BMTning muhim bir institutlaridan biri IHOKB o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad al-Husaynning may oyidagi Toshkent shahriga tashrifi va kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Uchrashuv chog‘ida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahidning sentabr oyi oxiriga belgilangan O‘zbekistonga tashrifining amaliy jihatlari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026