Jamiyat | 18:15 / 06.09.2017
3694
2 daqiqa o‘qiladi

Arzon uy topib berishni va'da qilib, 6 ming dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Yunusobod tumanida Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “arzon narxda uy topib beraman” deb, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 2016 yil 29 avgust kuni 12.00da, 1954 yilda tug‘ilgan, «Birlik» va «Sagdiana servis» XUJMSh rahbari, Yunusobod 4-66-uyda yashovchi Z.S., Yunusobod  4-daha 78-uy yerto‘lasida, 1972 yilda tug‘ilgan, "Merkurmi netvors" MChJ muhandisi, Chilonzor Ye-5-uyda yashovchi S.O.ga «Sizga arzon narxda uy topib beraman» deb va'da qilib, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar Z.S.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid