Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ittifoqi logotipi uchun e'lon qilingan tanlov: g‘olib va rasmiy namuna oshkor etilmadi
Joriy yilning iyul oyida bir necha tomonlar tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan "O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi"ning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yuritilayotgan rasmiy sahifasida yangi logotipni yaratish va bu to‘g‘risida tanlov e'lon qilingandi.
Unda aytilishicha, tashkilotning yangi logotipini yaratgan g‘olib 10 million so‘m miqdoridagi mukofot mablag‘iga erishadi. G‘olibni aniqlash nomzodlar tomonidan tayyorlab, tashkilot mutasaddilariga yuborilgan namunalarga ijtimoiy tarmoqda ovoz berish yo‘li bilan ma'lum bo‘lishi, tanlov uchun namunalar 20 iyulga qadar yuborilishi shart etib belgilangandi.
Shunga qaramay, Yoshlar ittifoqi tomonidan g‘olib haligacha oshkor etilmagan. Ijtimoiy tarmoq va bir necha rasmiy doiralarda tarqagan logotip ko‘p savollarni paydo qilmoqda. Kun.uz muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida tashkilot matbuot xizmati bilan bog‘landi.
"Bu logotip rasmiy tashkilot belgisi emas, tez orada doimiy logotip namunasi va tanlovda g‘olib bo‘lgan shaxsni ma'lum qilamiz”, deydi matbuot xizmati vakili.
Demak, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan Yoshlar ittifoqining logotipi rasman tasdiqlanmagan va bu tez orada yangisiga almashtiriladi. Undan so‘ng, namuna muallifining ismi oshkor etilib, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
21:52 / 21.06.2024
Uzbekistan Airways logotipini yangiladi, biroq an’anaviy livreyani saqlab qoldi
12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi
18:15 / 08.11.2021