Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkiloti hududiy sektorlar örtasida respublika kitobxonlik tanlovini ötkazadi. Tanlovda hududlardagi kitobxon yoşlar va jamoa sardori sifatida sektor rahbarlari iştirok etadi. Bu haqda taşkilot raisi Şavkat Zayniddinov Kun.uz’ga xabar berdi.

Zayniddinovga köra, «Zukko kitobxon» nomli tanlov taşkil etilişiga «Yoş kitobxon» tanlovining yoşlar orasida yaxşi kutib olingani va şu kabi tanlovlarga çekka hududlardagi kitobxonlarni ham jalb qiliş rejasi sabab bölgan.

«Zukko kitobxon» tanlovi tuman (şahar), viloyat va respublika bosqiçi tarzida taşkil etiladi.

Tanlovni çekka hududlardagi yoşlarni ham kitobxonlikka keng jalb qiliş maqsadida taşkil qilyapmiz. Bunda har bir sektor jamoasi tarkibida hududning uyuşmagan yoşlari va şuningdek, jamoa sardori sifatida sektor rahbarlari ham (hokim, prokuror, içki işlar boşliği va davlat soliq inspeksiyasi boşliği) qatnaşadi.

Biz bu tanlov orqali sektor rahbarlarining çekka tumanlarga va undagi yoşlar hayotiga köproq kirib borişiga ham erişmoqçimiz. Tanlov nizomi va ötkaziş şartlarini tez orada e'lon qilamiz», – dedi taşkilot raisi.

Şavkat Zayniddinovning qöşimça qilişiça, tanlovning final bosqiçida ğoliblikka erişgan hudud yoşlari uçun öşa hududda katta bir kutubxona taşkil etişga yetarli miqdorda (1 öringa 10 ming, 2 öringa 5 ming va 3 öringa 3 mingta) kitoblar jamlanmasi topşiriladi.