Jizzax viloyati Zarbdor tumanida odam ölimiga sabab bölgan talaba Yoşlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Zarbdor tuman sudida Zomin tumanida yaşovçi, 23 yoşli X.U.ga tegişli jinoyat işi böyiça sud majlisi bölib ötgan.
U.X. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida odam ölimiga sababçi böliş) bilan ayblangan.
Qayd etilişiça, sudda U.X. sodir etgan jinoyat işi ehtiyotsizlik oqibatida kelib çiqqani, qilgan işidan puşaymonligi, muqaddam sudlanmagani, OTM talabasi ekani hisobga olingan.
“Insonparvarlik, bağrikenglik va odillik tamoyillariga tayanib, Yoşlar ittifoqi kafilligi asosida X.U.ga qonun doiraisda yengillik berildi. X.U.ning xulqi va tarbiyasi bir yil davomida Yoşlar ittifoqi nazoratida böladi va uning ijtimoiy foydali mehnat bilan şuğullanişi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.










