Jamiyat | 19:00 / 06.09.2017
7870
4 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada 2 ming kishi yarim yildan beri hech qanday shartsiz daromad olmoqda

Foto: EPA

Yanvar oyi boshida Finlyandiyada dunyoda birinchi marta mamlakat darajasida shartsiz daromad kiritishga doir  tajribaga start berildi: 2 ming kishi har oy 560 yevrodan olmoqda. Ular hatto ish topgan taqdirda ham bu pullardan mahrum bo‘lishmaydi - asosiy daromad tajriba ishtirokchilari har qanday sharoitda ham hech bo‘lmaganda minimal miqdordagi pullarni olishlarini kafolatlaydi. Meduza nashri Finlyandiyadagi asosiy daromad loyihasi tashabbuskorlaridan biri Olli Kangas bilan suhbatlashib, shu haqida ma'lumot berdi. 

"Ta'kidlash joizki, hukumatning o‘zi bu tajribaning amalga oshirilishiga xohish bildirdi, bu hukumat g‘oyasi edi. Hukumat vakillari asosiy daromad kiritish yo‘li orqali islohot o‘tkazish mumkin yoki mumkin emasligi, asosiy daromad ba'zi muammolarni bartaraf etish kaliti bo‘la oladimi yoki yo‘q - shuni aniqlashmoqchi. 

Muammolardan biri shundaki, ba'zi holatlarda ijtimoiy ta'minot tizimi bandlikni rag‘batlantirishga qarshi ishlamoqda. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy ta'minotga umid qilgan odam ishlagan odamga nisbatan yaxshi pul topmoqda. Ishsizlik nafaqasiga kun ko‘ruvchi inson ish uning daromad darajasiga hech qanday yangilik olib kirmasligini tushunadi. Aynan shuning uchun biz asosiy daromad bunday qopqonlardan xalos bo‘lishga urinsa, qanday bo‘larkin deb o‘ylab qoldik. 

Biz ko‘plab mikrosimulyatsiyalar o‘tkazdik, ularning asosiy xulosasi - asosiy daromad yechim bo‘la oladi. Ushbu mikrosimulyatsiyalar hukumatga bir necha tavsiya berish imkonini yaratdi va rasmiylar tajriba ko‘lamini  kengaytirishga qiziqish bildirishdi. Mikrosimulyatsiyalar odamlarning xatti-harakatlari va turli tashqi omillarni hisobga olmaydi", - deydi Olli Kangas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tajribaga 20 million yevro ajratgan va uning 2017 hamda 2018 yillarda ham o‘tkazilishini ma'lum qilgan. Hukumat barchasi 2017 yilda boshlanishini talab qilgan, biroq buning uchun dastlab qonunchilik bazasi kerak bo‘ladi. Qonun qabul qilish esa vaqt talab qiladi - u barcha qo‘mitalarni aylanib chiqishi kerak: Ijtimoiy himoya qo‘mitasi, Bandlikka ko‘maklashish qo‘mitasi, Milliy iqtisodiyot qo‘mitasi va birinchi navbatda, Konstitutsion qo‘mita. Aynan oxirgi qo‘mitaning loyihani tasdiqlashi qiyin kechgan, zero Finlyandiya konstitutsiyasiga ko‘ra, barchaga birdek munosabatda bo‘lish kerakligi qayd etilgan, bunday tajriba esa odamlarni toifalarga ajratadi. 

Mutaxassis tajribaning ijobiy jihatlaridan biri sifatida uning butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotganini ta'kidladi. Agar tajriba faqatgina bir hudud miqyosida amalga oshirilganida edi, u tashqi o‘zgarishlardan sug‘urtalanmagan bo‘lardi. 

Olli Kangas tajriba ishtirokchilari qay usulda tanlangani borasidagi savolga quyidagicha javob berdi: 

"Bu mutlaqo tasodifiy tanlov. Bizda Kela'dan pul oladigan odamlar ro‘yxati bor edi (ishsizlik nafaqasi bo‘yicha to‘lovlar). Undan tasodifiy raqamlar usuli bilan ishtirokchilarni tanlab olamiz". 

Shuningdek mutaxassis hozircha tajribani muvaffaqiyatli deb topayotganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid