Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Neksiya” bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
Uchtepa tumanida Uchtepa tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “Neksiya” rusumli avtomashinani sotib olaman deb olib, boshqa shaxsga sotib, pullarini o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Uchtepa tumanida 5 sentabr kuni soat 16.03da tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yil yanvar oyida, 1984 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin maxallasi raqamsiz uyda yashovchi A.A. Uchtepa tumani Chilonzor-11 mavzedagi "Nur" mehmonxonasi oldida, 1969 yilda tug‘ilgan, M.Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 131-uyda yashovchi M.I.dan “Neksiya” rusumli avtoulovini 5.000 AQSh dollariga sotib olishini, boshida 1.000 AQSh dollari berib, qolgan pullarni 6 oy ichida to‘lab berishini va'da qilib olib, avtomashinani boshqa shaxslarga sotib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan Uchtepa tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
12:00 / 21.01.2026
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi ushlandi
11:13 / 21.01.2026
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:01 / 19.01.2026