Jamiyat | 07:59 / 07.09.2017
20321
3 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi tungi klub masalasi qanday yechim topdi?

Bir necha kun avval saytimiz orqali Farg‘ona viloyatining Furqat tumani markazida «RIO» klubi faoliyat olib borayotgani va bu klub litsenziyasida to‘y hamda bayram tadbirlarini o‘tkazishi va soat 22:00ga qadar faoliyat olib borishi aytib o‘tilgani haqida maqola bergan edik. Maqoladan so‘ng ayrim mutasaddilar «uyg‘onib» saytimiz muxbirlari bilan bog‘landilar.

Ma'lum bo‘lishicha, klub tadbirkor Alisher Mahmudovga tegishli. Biroq, ayni vaqtda bu klubni tadbirkorning o‘g‘li 1994 yilda tug‘ilgan Jamolxon Qoraboyev boshqarmoqda. «RIO» klubi faoliyat olib borishi uchun «Jamolxon servis plyus» oilaviy korxonasi tasarrufida 2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Lisenziyaga ko‘ra, klub soat 22:00ga qadar faoliyat olib borish aytilgan. Biroq, bu borada yosh tadbirkor Jamolxonga hech kim yetarlicha ma'lumot bermagan. Yana yosh boshqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, klubda tonggi soat 2-3ga qadar o‘tirishni xohlagan mijozni ko‘chaga haydab chiqarish odobsizlik... Klubni kuzatish chog‘ida biron-bir yerda “Ish faoliyatimiz 18:00 dan 23:00 ga qadar” degan yozuvni ko‘rmadik. Bunday yozuvlar bo‘lmaganidan keyin mijozlar o‘tirib tongga qadar bayram qilishlari tabiiy, albatta.

Yosh tadbirkor bunday kamchiliklarni 2 kun ichida bartaraf etishga va'da berdi. Biz klubni 2 kundan so‘ng kuzatganimizda tadbirkor va'dasidan chiqdi. Aholining so‘zlariga ko‘ra, klub tungi 23:00ga qadar faoliyat olib bormoqda. Har bir xonada “Ish vaqti 18:00 dan 23:00 gacha” degan yozuvni ko‘rdik. Bundan aholi xursand. Endilikda tadbirkor barcha qoidalarni bilib oldi va bu qoidalar buzilmaydi, degan umiddamiz.

Shu o‘rinda, ayrim mutasaddilar xuddi shunday muammoli disko klublar faoliyati bilan tanishib, klublar litsenziyasiga alohida ahamiyat bersalar. Bu borada klublar yaqinida istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashsalar. Shundan so‘ng fuqarolardan mana shunday shikoyat murojaatlar kelib tushmagan bo‘lar edi.

Ma'lumot o‘rnida, Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida tanqid ostiga olingan disko klublardan tashqari «NOMER 1», «MALIBU», «TROYa», «ZARINA» nomli disko klublar faoliyat olib boradi.

Ahror Ziyo, Farg‘ona.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid