Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya avgust oyida qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha rekord natijani qayd etdi
Foto: Anadolu
Egey dengizi bo‘ylab grek orollariga yetib kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni 2016 yilning martidan (Turkiya va YeI o‘rtasida qochqinlarga doir kelishuv imzolangan vaqtdan) buyon rekord ko‘rsatkichga yetdi. "Anadolu" shu haqida xabar berdi.
BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy komissariyat boshqarmasining ma'lum qilishicha, avgust oyida grek orollariga Egey dengizi orqali 3695 noqonuniy muhojir o‘tgan, bu esa iyul oyi ko‘rsatkichlaridan (2249 kishi) 64 foizga ko‘p.
Grek orollariga o‘tuvchi noqonuniy migrantlar oqimi sentabrning ilk kunlarida ham to‘xtamadi. Besh kun ichida u yerga o‘tuvchi migrantlar soni 890 kishini tashkil qilgan.
Anqara va Bryussel o‘rtasida migratsion kelishuv imzolanganidan keyin Gretsiyaga keluvchi migrantlar soni 97 foizga qisqargan. Lesbos, Xios, Kos va Leros orollarida hanuz 14 ming migrant bor.
Mavzuga oid
12:51 / 22.11.2025
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14:21 / 17.11.2025
Gretsiya Ukrainaga AQShdan suyultirilgan gaz yetkazib beradi
07:34 / 08.11.2025
Yevropadagi g‘orda dunyodagi eng katta o‘rgimchak to‘ri topildi
22:34 / 06.11.2025