Qirg‘izistonlik oqinga Prezident sovg‘alari - “Malibu” va uy kaliti topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qo‘shni Qirg‘izistonga qilgan rasmiy safari davomida oqin Idris Ayitbayevga mashina va kvartira sovg‘a qildi. Bugun Andijonda Prezident sovg‘alarini o‘z egasiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“San'at insonlarni ezgulikka yetaklaydi” deyishlari bejiz emas. O‘sh teatri oqini Idris Ayitboyevni o‘tgan yili Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan Andijonga tashrif buyurib, o‘z san'atini namoyish qilganida, butun zal tik turib olqishlagan edi. San'atkor ikki davlat o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan barcha rasmiy tadbirlarda ishtirok etib, juda ko‘p muxlislarga ega bo‘ldi.
Idrisjon turkiy xalqlarning qadimiy san'at turi bo‘lgan - oqinlikni tanlagan. Yana u - zamonaviy oqin. Irlarini qirg‘iz, o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida mukammal tarzda ijro etadi. Asli Andijonning Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan san'atkor hozirda Qirg‘izistonda yashab, ijod qiladi. “Do‘stlik” chegarasi ochilishiga bag‘ishlab ikki tilda aytilgan qo‘shig‘ini kuylaganida barcha uning mahoratiga qoyil qoldi.
Prezident sovg‘alarini topshirish marosimida Andijon va O‘sh viloyati jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ikki davlat o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun prezident tomonidan berilgan sovg‘alarni qirg‘iz oqiniga tantanali tarzda topshirdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024