Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Shimoliy Koreya tufayli urush ro‘y berishi mumkinligini rad etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje Inning Koreya yarim orolida urush bo‘lmasligi borasidagi ishonchiga qo‘shilmoqda.
"Men Koreya Respublikasidan bo‘lgan hamkasbim kabi, keng ko‘lamli, ayniqsa ommaviy qirg‘in vositalaridan foydalangan holda mojaro yuz berishigacha ish bormasligiga ishonchim komil. Qarama-qarshilikdagi barcha tomonlarda bu mintaqada yashovchi insonlar oldidagi majburiyatni his etish, sog‘lom aql ustunlik qiladi, hamda biz bu muammoni diplomatik vositalar yordamida hal etishimiz mumkin bo‘ladi", - dedi Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi yig‘ilishida chiqish qilib.
"Birgalikda ishlash kerak. Hamda biz ijobiy natijalarga erishamiz va erishishimiz kerak", - dedi u.
Putinning eslatishicha, 2005 yilda Koreya yarim orolidagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilari bu muammoga yechim topishga juda yaqin kelishgandi. "2005 yilda biz deyarli barcha narsa bo‘yicha bir qarorga kelgandik. Kelishuvlarga erishildi, ularga ko‘ra Shimoliy Koreya raketa-yadro dasturini to‘xtatish bo‘yicha majburiyat oldi, jarayonning barcha boshqa ishtirokchilari esa bunga yordam berish haqida va'da berishdi, Shimol va Janub o‘rtasida normal yaxshi munosabatlarni tiklash kerakligi, Rossiya – Shimol – Janub uch tomonlama loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida gapirishdi", - deya ta'kidlab o‘tdi Rossiya yetakchisi.
"Biroq keyin, afsuski, kimdir, mening fikrimcha, Shimoliy Koreyadan u va'da qilmagan narsani talab qildi, va bu vaziyat asta-sekinlik bilan bugungi darajaga qadar yetib keldi", - dedi Putin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, mojaroga diplomatik yo‘l bilan yechim topish uchun Yaponiya bosh vazir Sindzo Abe ham tarafdordir.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In esa Koreya yarim orolida urush bo‘lmasligini ma'lum qildi. "Men buni ishonch bilan aytishim mumkin", - dedi u.
Uning ta'kidlashicha, mintaqada Shimoliy Koreya muammosi tufayli keskinlik kuzatilmoqda, xalqaro hamjamiyat esa sanksiyalarni qo‘llab, Pxenyanga bosim o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026