Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinga dzyudo bo‘yicha bahsda qatnashish taklifi bilan chiqishdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya va Mo‘g‘uliston prezidentlariga Yaponiyaga dzyudo bo‘yicha ko‘rgazmali jangni o‘tkazish uchun tashrif buyurish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda «R-Sport».
«Hurmatli xonimlar va janoblar, yaxshi bilasizlarki, prezident Putin dzyudo bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, hamda men prezident Battulga ham qora belbog‘ egasi ekanini aytmoqchiman», - deya ma'lum qildi Abe.
Shundan so‘ng bosh vazir zalda o‘tirgan dzyudo bo‘yicha olimpiya chempioni Yasuxiro Yamasitaga murojaat qilgan.
«Janob Yamasita, menda sizga taklif bor. Siz Yaponiya dzyudo federatsiyasi orqali hozir men gapirgan qora belbog‘ sohiblari, ikki prezidentni Yaponiyaga taklif qilsangizchi? Shunda siz prezidentlar bilan ko‘rgazmali janglar o‘tkazishingiz mumkin bo‘lardi. Nima deb o‘ylaysiz? Bu qiziq bo‘lardi, to‘g‘rimi?», - dedi Abe.
«Menda qora belbog‘ yo‘q, hamda men jarohat olishni istamayman. Shuning uchun bu ajoyib janglarni chetdan tomosha qilmoqchiman», - deya qo‘shimcha qilgan Yaponiya bosh vaziri.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:44 / 22.06.2026