Jamiyat | 15:34 / 07.09.2017
7068
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanida avtomashinadan o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Sergeli tumanida Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan avtomashinadan o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida joriy yilning 4 sentabr kuni soat 18.30da, 1988 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Dexgaron qishlog‘ida yashovchi N.O. va 1991 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Navro‘z qishlog‘ida yashovchi A.U.lar, Fayzli ko‘chasida joylashgan "Shodlik" to‘yxonasi oldida, 1981 yilda tug‘ilgan, xususiy tadbirkor, Sergeli 8A-25-uyda yashovchi K.Sh. tomonidan qarovsiz qoldirilgan "Lasetti" rusumli avtoulovini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, salonidan 930.000 so‘m pulini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida 930.000 so‘m pul olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar N.O. va A.U.larga nisbatan Sergeli tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid