Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonda avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatlariga qiziqmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hisoblashicha, Qirg‘iziston bilan iqtisodiy hamkorlik katta istiqbollarga ega. U 6 sentabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov bilan uchrashuv vaqtida gapirgan.
Tazabek xabarida yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat tadbirkorlariga yordam berish zarurligini qayd etib, Qirg‘iziston hududida avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni taklif etgan.
«Men takrorlashdan charchamayman, agar biz biznesmenlarni qo‘llasak, ularga xalaqit bermasak, ular o‘zlari rivojlanish yo‘llarini topishadi. Biz o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazish haqida gapirgandik, bu ko‘pmi, kammi o‘zi? Menimcha, bu ham kam. Axir bizda ulkan imkoniyatlar mavjud. Nega endi biz Qirg‘izistonda mashina yig‘ishni yo‘lga qo‘ymaymiz? Bu yangi ish o‘rinlari va uchinchi davlatda sotuvlar deganidir. Nega to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymas ekanmiz? Sizlarda brend bor, sizlar orqali sotish mumkin, qo‘shma korxonalar qurish mumkin», – degan O‘zbekiston prezidenti.
Sapar Isakov ham o‘z navbatida Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davlatlarimizning o‘zaro manfaatli hamkorligida yangi bosqichni boshlab berganini alohida ta'kidlagan.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026