Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyaga sarf-xarajat qilganda imtiyozlar qanday qo‘llanadi?
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining qo‘shma qarori (2017 yil 25 avgust) bilan Mablag‘larni investitsiyaga yo‘naltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat 28.08.2017 yilda kuchga kirdi.
Nizomda, birinchidan, investitsiya uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liq barcha tushunchalar jamlangan:
• investitsiyalar;
• yangi texnologik asbob-uskunalar;
• modernizatsiya qilish;
• texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
• ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish;
• ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish.
Ikkinchidan, Nizom bilan ushbu imtiyozni foyda solig‘iga nisbatan qo‘llashning xususiyatlari belgilandi. U yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasini amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytiradi (SK 159-moddasining 3-bandi, shuningdek Prezidentning 20.09.2013 yildagi PQ-2042-son qarorining 6-bandi).
Mazkur imtiyozni qo‘llashda quyidagi qoidalarni inobatga olish zarur:
• u tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi;
• soliq solinadigan bazani hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablag‘lar faqat bir marta chegirib tashlanadi;
• soliq solinadigan foydani kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e'tiboran, yangi texnologik jihoz bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e'tiboran 5 yil ichida amalga oshiriladi;
• agar joriy soliq davrida mablag‘lar summasi soliq solinadigan foydaning 30%idan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida chegirilishi mumkin;
• agar hisobot davrida hisoblangan amortizatsiya summasi investitsiyaga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasidan oshsa, ushbu hisobot davrida soliq solinadigan foydani kamaytirish amalga oshirilmaydi.
Uchinchidan, Nizom yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozni qo‘llash qoidasini o‘rnatadi. Bu imtiyoz investitsiyalar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25%iga kamaytiriladi (SK 356-moddasi, shuningdek Prezidentning 20.09.2013 yildagi PQ-2042-son qarorining 6-bandi).
Nizomga muvofiq:
• imtiyoz mablag‘lar manbaidan (o‘z mablag‘lari yoki qarzga olingan mablag‘lar, shu jumladan lizing) qat'i nazar, beriladi;
• soliq solinadigan baza ko‘rsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e'tiboran, yangi texnologik asbob-uskuna bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e'tiboran 5 yil ichida kamayadi;
• agar investitsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasi soliq solinadigan bazaning 25%idan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida chegirilishi mumkin.
To‘rtinchidan, olib kelinadigan texnologik jihoz bo‘yicha QQS va bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash shartlari aniqlashtirilmoqda (SK 211-moddasi 7-bandi va Bojxona kodeksi 297-moddasi ikkinchi qismi 13-bandi).
Texnologik jihozni QQS va bojxona bojlaridan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga muvofiq taqdim etiladi (2013 yil 20 mart).
Imtiyozlar butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga, ular kontraktga (shartnomaga) muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda, tatbiq qilinadi.
Texnologik jihozlar:
• xarid (import) qilingan paytdan boshlab 3 yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi;
• olib kirilgan paytdan e'tiboran 3 yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026