Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Floridada 100 yil ichida “Irma”ga o‘xshash faqatgina 4 ta kuchli dovul kuzatilgan
AQShning Florida shtati oxirgi yuz yillik davomida kuchi bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan “Irma” dovuliga o‘xshash faqatgina 4 ta dovulga duch kelgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bergan va “Irma”dan tashqari faqatgina 4 ta dovulda shamol tezligi 240 km/soat yoki 66,9 m/soniyadan oshgan. Bunday dovullar Floridaga 1919, 1935, 1992 (“Endryu” dovuli) va 2004 (“Charli” dovuli) yillarda yopirilgan.
Dovullarni kuzatish milliy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, hozir “Irma” markazidagi shamol 66,9 m/soniyani tashkil qilmoqda.
Hozirda dovul markazi Mayamidan 655 km uzoqlikda joylashgan va prognozlarga ko‘ra, Floridaning janubiy sohillariga 10 sentabr ertalab yetib keladi. Sohil yaqinida to‘lqinlar balandligi 3 metrga yetishi mumkin. Florida gubernatori Rik Skott sohilbo‘yida yashovchi aholini shoshilinch evakuatsiyaga chaqirgan.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
23:01 / 12.06.2025