15:53 / 09.09.2017
7762

Gvardiola-Kloppga qarshi, Pochettino - Kumanga. APLda tur uchrashuvlari anonsi

Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy uchrashuvi sifatida Manchester va Liverpuldagi uchrashuvlarni ko‘rsatish mumkin. Tribuna.Uz dunyoning eng ommabop chempionat o‘yinlariga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Angliya premer-ligasi. 4-tur

Manchester Siti – Liverpul (9 sentabr, 16:30, UzReport, Match! Futbol 1)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi o‘z uyida kechgan so‘nggi 8 uchrashuvning faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan (4G‘, 3D).
— 2015 yilning noyabrida qayd etilgan 4:1 hisobidagi mag‘lubiyat «Manchester Siti»ning o‘z uyida uchtadan ortiq gol o‘tkazgan so‘nggi o‘yini bo‘lib qolmoqda.
— «Manchester Siti» APLdagi o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 23 o‘yinning faqat (13G‘, 9D, 1M) bittasida g‘alaba qozongan, ammo ularning faqatgina oltitasi o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.
— Serxio Aguero «Etihad»da kechgan barcha besh uchrashuvda «Liverpul» darvozasiga bittadan gol kiritgan.
— «Manchester Siti» sobiq futbolchisi Jyeyms Milner «Liverpul»ga o‘tganidan buyon sobiq jamoasiga qarshi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golda ishtirok etgan  (ikki gol, bitta assistent).

Yo‘qotishlar
«Manchester Siti» tarkibida jamoa sardori Vensan  Kompani maydonga tusha olmaydi. Ilkay Gundo‘g‘an to‘liq safga qaytgan bo‘lsa, Rahim Sterling diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
«Liverpul» yaqindagina uzoq parvozdan qaytgan Roberto Firminoning holatini aniqlab qolishi zarur bo‘ladi. Ammo Filippe Koutino hamon uchrashuvlarda maydonga tusha olmayapti. Adam Lallana va Nataniel Klayn ham uzoq muddatga safdan chiqqan.

Arsenal – Bornmut (19:00, Match! Arena)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Arsenal»ning «Bornmut»ga qarshi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan, jumladan so‘nggi marta o‘tgan mavsumda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etilgan.
— 2012 yilning yanvaridan buyon «Arsenal» ketma-ket uchta  uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.
— Arsen Venger APLdagi Premer-liganing qolgan 19 murabbiyning hozirgi klubidagi jami uchrashuvlaridan ko‘proq (907 uchrashuvda 379 g‘alaba) g‘alaba (793 uchrashuvda 458 g‘alaba) qozongan.
— Jyermeyn Defo «Arsenal»ga qarshi APLning uch xil («Vest Hem », «Tottenhem» va «Sanderlend» tarkibida) jamoasi tarkibida gol kiritgan. Faqatgina Darren Bent ko‘proq (5ta jamoa) jamoa tarkibida bu ishni amalga oshirgan.

Yo‘qotishlar
«Arsenal» Aleksis Sanches, Aaron Remzi va David Ospinalarning  holatini aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Bu futbolchilar payshanba kuni terma jamoa ixtiyoridan qaytib kelishgan. Santi Kasorla va Jyek Uilshir esa bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
«Bornmut» tarkibida esa  Saymon Frensis maydonga tusha olmaydi, shuningdek Kallum Uilson va Junior Stanislas ham uzoq muddatga safdan chiqqan. Natan Akening o‘yinda ishtiroki esa so‘roq ostida qolmoqda.

Everton – Tottenhem (19:00, Match! Futbol 2)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Everton» 2017 yilda APLning o‘z uyida o‘tkazgan 11 o‘yindan 10tasida g‘alaba qozongan (10G‘, 0D, 1M). Faqatgina «Tottenhem» bu davrda liverpulliklardan ko‘proq (31 ochko) ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
— «Tottenhem» so‘nggi uchta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Ular so‘nggi marta 2014 yilning yanvarida to‘rtta uchrashuvda (jami bo‘lib beshta uchrashuvda) ketma-ket g‘alaba qozonishning uddasidan chiqishgandi.
— Harri Keyn «shporlar» uchun jami 99ta gol urgan bo‘lib, ularning 48tasi mehmondagi uchrashuvlarga to‘g‘ri keladi.
— Keyn APLdagi butun faoliyati davomida 13 marta avgustdagi uchrashuvlarda qatnashib, birorta ham gol ura olmagan. Bu safar uchta uchrashuvda ham bu natijani o‘zgartira olmadi. Ammo u barcha mavsumlarda sentabrdagi dastlabki o‘yinidayoq gol urishni boshlab yuborgan

Yo‘qotishlar
«Everton»  bosh murabbiyi Ronald Kuman  Nikola Vlasichning debyuti bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan. Shuningdek Ueyn Runi ham muammolariga qaramasdan bu uchrashuvda ishtirok etadi. Umar Nyasse esa endigina yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani sababli bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Devi Klaassenning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. Ross Barkli esa uzoq muddatga safdan chiqqan.
«Tottenhem» tarkibida Viktor Vanyama, Denni Rouz, Erik Lamela va Jorj-Kevin Nkudu jarohati sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Kiran Tripper o‘yinga tushishga tayyor. Shu ma'noda Serj Orening debyuti kelgusi o‘yinga qolishi mumkin.

Lester – Chelsi  (19:00, Match TV)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Lester» «Chelsi»ga qarshi APL doirasidagi 11 uchrashuvning faqat bittasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan. Bu voqea 1998 yilning fevralida kuzatilgan.
— Jyeymi Vardi jamoaga Shekspir bosh murabbiy bo‘lgan 2017 yilning 27 fevralidan boshlab bugunga qadar 16 uchrashuvda 10ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Faqatgina Harri Keyn (12) va Romelu Lukaku (11) undan samaraliroq ko‘rsatkichga ega.
— «Chelsi» APL so‘nggi to‘rt mavsumining sentabrida g‘alaba qozona olmagan (4D, 3M).
— Sesk Fabregas  «Lester»ga qarshi «Chelsi» tarkibida to‘rtta uchrashuvda o‘ynab, olti golda ishtirok etgan. Bu uning «Stemford Brij»ga kelganidan buyon bitta jamoaga qarshi sermahsulligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

Yo‘qotishlar
«Lester» tarkibida Robert Hut va Visente Iborra mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda, ammo bu uchrashuvlarda ularning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.
«Chelsi» Geri Keyhill ishtirok eta olmaydi. Eden Azar nihoyat yana safga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Stok Siti – Manchester Yunayted (21:30, Futbol TV, Match! Futbol 1)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Stok Siti» o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 4ta «Manchester Yunayted»ga qarshi Premer-Liga o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan (2G‘, 2D), 2008  yildan 2013 yilga qadar esa beshta uchrashuvning to‘rttasida mag‘lubiyatga uchragandi. Bir so‘z bilan aytganda «Stok Siti» Fergyusonsiz qolgan «MYu»ga o‘z uyida hech qachon yutqazmagan.
— Mark Hyuz Joze Mourinoga qarshi so‘nggi uch uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchrmagan (1G‘, 2D). Faqatgina Ronald Kuman Mourinoga qarshi to‘rt yoki undan ko‘proq (5 uchrashuv) uchrashuvlarni ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘tkazishning uddasidan chiqqan.
— Genrix Mxitaryan APLning dastlabki uchta turida 5ta golli pas muallifi bo‘ldi. Faqatgina Terri Anri (2004/05 yilgi mavsumda) va Sesk Fabregas (2014/15) dastlabki to‘rtta turda oltita golli pas berishni uddalay olishgan.
— Romelu Lukaku APLning so‘nggi 18 uchrashuvida 16ta gol va ikki golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Yo‘qotishlar
«Stok Siti» sardori Rayan Shoukross va hujumchisi Erik Maksim Chupo-Moting maydonga tusha olmaydi. Mark Hyuzning ta'kidlashicha terma jamoalar ishtirokidagi o‘yinlar tanaffusi vaqtida Kurt Zuma, Darren Fletcher va  Mam Biram Diuf jarohat olgan va ularning bu uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

«Manchester Yunayted»esa Zlatan Ibrahimovich va Markos Roxo o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Qolgan uchrashuvlar
Brayton – Vest Bromvich (9 sentabr, 19:00)
Sauthempton – Uotford (9 sentabr, 19:00)
Byornli – Kristal Pelas (10 sentabr, 17:30)
Suonsi – Nyukasl (10 sentabr, 20:00)
Vest Hem – Haddersfild (11 sentabr, 23:59)

Azamat Murodov tayyorladi.

Top