Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177–sonli “Valyuta siyosatini erkinlaştirişning ustivor çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq, mulkçilik şaklidan qat'i nazar, barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar eksport amaliyotlari böyiça kelib tuşgan xorijiy valyutadagi tuşumni majburiy tartibda sotişlariga qöyilgan talab bekor qilindi.

Yuqoridagi me'yor qabul qilinişi munosabati bilan va majburiy sotuvni amalga oşirilişi yoki oşirilmasligi yuzasidan kelib tuşayotgan savollarga asosan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma'lum qildi:

2017 yilning 5 sentabridan boşlab barça tadbirkorlik sub'yektlari eksport qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) turi va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning mulkçilik şaklidan qat'i nazar, eksport amaliyotlari böyiça kelib tuşgan xorijiy valyutadagi tuşumni majburiy tartibda sotişlariga qöyilgan talab bekor qilindi.

Bundan buyon eksportçilar eksportdan kelib tuşgan öz valyuta mablağlarini erkin tasarruf etiş va heç qanday tösiqlarsiz öz xohişlariga köra, joriy xalqaro tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek tovarlar (xizmatlar) importi uçun sarflaşlari yoki milliy valyutadagi joriy xarajatlarni amalga oşiriş uçun xizmat körsatuvçi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotiş huquqiga egadir.