Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp “Irma” dovuli yaqinlashayotgani munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Foto: AP
“Irma” dovuli Florida shtatiga yaqinlashayotgani sababli AQSh davlat kotibi Reks Tillerson, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va AQShning boshqa muhim idoralari rahbarlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomondan favqulodda yig‘ilishga chaqirtirildilar.
Tramp tvitterdagi sahifasida hukumat a'zolari bilan yig‘ilishi videoyozuvini joylashtirgan. Yig‘ilishda tabiiy ofatga tayyorgarlik va unga javob berish choralari muhokama qilingan.
Tramp yig‘ilishda dovulni vayronkor deb atab, qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni qilishga chaqirgan.
“Bu dovul vayronkor kuchdadir, shuning uchun barchani yo‘riqnomaga amal qilishga chaqiraman, mol-mulkni tiklash mumkin, hayotni esa yo‘q. Shu sababli xavfsizlik masalalari birinchi navbatda hal qilinishi lozim”, deb aytgan Tramp.
Ma'lum qilinishicha, “Irma” Kuba hududidan ketib, Florida tomon yo‘nalmoqda. Dovul 10 sentabr ertalab shtat sohillariga yetib boradi. Bu vaqtda shamolning maksimal tezligi 205 km/soatga, o‘rtachasi esa 190 km/soatga yetishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
23:01 / 12.06.2025
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
20:59 / 28.05.2025
Florida shtati oltin va kumushni to‘lov vositasi sifatida ishlatishga ruxsat berdi
23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
20:53 / 11.10.2024