12:10 / 11.09.2017
43324

«7 KUN»: So‘m devalvatsiyasi, prezident safarlari, yangi vazir va rekordchi palov Kun.uz muhokamasida

Saytimiz ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodislar tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e'tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining uchinchisi tayyor bo‘ldi.

Asosiy mavzu tijorat banklarimiz yuridik va jismoniy shaxslardan cheklanmagan miqdorida xorijiy valyuta xarid qilishi va sotilishiga bag‘ishlangan. Ma'lumki, Markaziy bank 5 sentabrdan rasman 1 AQSh dollarining so‘mdagi kursini 8100 so‘m miqdorida belgiladi. Tijorat banklari dollarni 8000 so‘mdan olib, 8150 so‘mga sotishmoqda.

Tahliliy ko‘rsatuvda, shuningdek, hafta davomida ro‘y bergan quyidagi voqea va hodisalar tahlil etilgan:

- Ulkan o‘zbek palovi Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi.

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi: O‘zbekiston Qambar ota GESni Qirg‘iziston bilan birga quradi.

- Kuchishlatar tizimidagi vazirliklarimiz rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi.

- Muxlislar Shahram G‘iyosovni «jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi», deb topishdi

- Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.

- Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

- Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi

- Chiroyli avtoraqamlar auksioni: Toshkent va viloyatlar uchun raqamlarning narxlari ma'lum qilindi

- Shavkat Mirziyoyev Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqladi

- «Narxoz»ni tanqid qilgan deputat Termiz universitetiga rektor etib tayinlandi

O‘tgan safargidek, bu safar ham jurnalistlar Xurshid Daliyev va Alisher Ro‘zioxunov olib borishgan.

«7 KUN» loyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid
Top