Jamiyat | 16:28 / 11.09.2017
12910
2 daqiqa o‘qiladi

930 mln so‘mga yaqin mablag‘ni talon-toroj qilgan “tadbirkorlar” fosh etildi

Foto: KUN.UZ

Malik Salimov va Javlon To‘rayevlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yurtimizdagi qonun hujjatlarini chetlab o‘tishdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Bu kimsalar MChJ tashkil qilishganda, uning nizomi bo‘yicha faqatgina umumqurilish ishlari faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgandi. Biroq, M.Salimov va J.To‘rayev “tadbirkor” nomi ostida umuman boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullandilar. Ular turli hujjatlarni soxtalashtirib, tegishli idoralar bilan shartnoma tuzishga, ya'ni aholiga uyali aloqa sohasida dilerlik va paynet xizmati ko‘rsatish va ekspress kartochkalar sotish faoliyatiga soxtakorlik orqali erishdilar.

O‘zlarining noqonuniy faoliyatlari ortidan 2015 yilning aprel oyidan 2016 yilning avgustiga qadar aholiga 936 mln. 433 ming so‘mlik paynet xizmati ko‘rsatib, shundan 7 mln. 600 ming so‘mini tegishli tartibda bankka topshirishdi. Qolgani esa ikki soxta “tadbirkor” o‘rtasida bo‘linib, talon-toroj qilindi.

Bu kimsalarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Sud tomonidan ularga qonuniy jazo tayinlandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid