Özbekiston xalq artisti, el suygan aktyor Erkin Komilov “Barakasini bersin” film bahonasida marhum otasi haqida sözlab berdi

– Otam rahmatli bir paytlar kolxozda ombor mudiri bölib işlagan ekan, – deydi Erkin Komilov. – Onamning hikoya qilişiça, qirqinçi yillarda uruş tufayli odamlar bir burda nonga zor yaşaşgan. Garçi, otam ombor mudiri bölsa-da, bizning oilada ham non qahat bölgan ekan. Bir kuni onam otamga: “Uyda yeyişga heç vaqo yöq, ombordan aqalli bir hovuçgina buğdoy olib kelsangiz, bolalarga qaynatib berardim” deya iltimos qilibdi. Şunda otam: “Yöq, onasi, bunday qilişga vijdonim yöq qöymaydi, – deb javob beribdi. – Ombordagi buğdoy – köpning haqi. Xöp, men bir hovuç buğdoy olib keldim ham deylik. Sen öşa donni pişirganingda qöşnilar hidini sezib qolişsa, men kim degan odam bölaman?” deya javob bergan ekan.

Bu birgina bizning oilaga tegişli narsa emas. Özbek xalqi har qanday oğir paytlarda ham halollik, odamiylik singari fazilatlarini saqlab kelgan. Biz ana şunday millatning vakili ekanligimizni heç qaçon unutmasligimiz kerak.

“Barakasini bersin” filmida özbekning aynan ana şu fazilatlari uluğlanadi. Bu film insonni sof vijdonli, halol, diyonatli, pok niyatli, töğrife'l bölişga undaydi. Asardagi voqealar haqiqiy özbek xarakterini, milliy mentalitetimizni körsatib berişga xizmat qiladi. Film boş qahramoni bölmiş Haydar buva ana şunday xislatlarni özida jamlagan obraz. Şuning uçun ham u özim yaxşi körgan, yuragimga yaqin obrazlarimdan biri hisoblanadi. Suratga oliş jarayonida unga bor mehrimni berib, hayotiy çiqişiga jiddiy e'tibor qaratganman. Hayotimga yaqin bölgan, özbekçiligimizni yorqin ifodalagan bu filmda boş qahramonni öynaş nasib etganidan xursandman. Muqaddas dinimiz ham insonlarni poklikka, özgalarning haqidan qörqişga undaydi. Haydar buva aynan ana şu aqidalarga amal qilib yaşaydi.

Filmda özbekning oddiy qişloqlaridan birida yaşaydigan sodda va samimiy, diyonatli odamlar hayoti tasvirlangan. Qarang, Haydar buva bilan Şomirza notaniş odamning eçkisini öziga qaytariş yölida qança qiyinçiliklarni, ğaroyib hangomalarni boşdan keçirişadi. Oxir-oqibat maqsadiga erişadi. Özbek ana şunday xalq! Heç qaçon birovning haqiga xiyonat qilmaydi. Bu xalqning buyukligi ham şunda.

Film rejissyori Farhod Xudoyberdiyev bilan işlaş jarayonida uning mahoratiga tan berdim. Kinoijodkorlarimiz orasida şunday iste'dod egalari köpayib, milliy madaniyatimizni rivojlantiriş yölida xizmat qilişini çin köngildan istardim.

Dostonbek Rahmatullayev yozib oldi