«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasining (Producers Guild of America, PGA) eng yaxşi hujjatli film uçun mukofotini qölga kiritdi. 26 fevral, şanba kuni PGA Twitter akkauntida e’lon qilingan postda film «ajoyib prodyuserlik» uçun taqdirlangani aytiladi.
Kanadalik rejissyor Deniyel Roerning lentasida rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning 2020 yil avgustida zaharlangani, uning davolanişi, komadan çiqqani va siyosatçining zaharlaniş holatlarini örganişi haqida söz boradi. Film Navalniyning Rossiyaga qaytişi, u yerda hibsga olingani, «Iv Roşe» işi böyiça sudlangani va koloniyaga jönatilgani bilan yakunlanadi.
Filmning premerasi 2022 yil yanvar oyida Sundance Amerika mustaqil kino festivalida bölib ötdi, unda film «Hujjatli film» nominatsiyasida tomoşabinlar mukofoti hamda Festival Favorite Award mukofoti sovrindori böldi. Film Cinema Eye Honors xalqaro hujjatli filmlar festivalida yana ikkita mukofotga sazovor böldi – kino işlab çiqariş sohasidagi ulkan yutuqlari va tomoşabinlar e’tirofi.
Bundan taşqari, «Navalniy» «Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasida Britaniya kino va televideniye akademiyasi (BAFTA) mukofotini oldi, şuningdek, 12 mart kuni öz egalariga topşiriladigan Amerika kino san’ati akademiyasi mukofotining («Oskar») nomzodlar röyxatiga kirdi.








