Suriya poytaxti Damaşqning şarqiy qismida joylaşgan avliyo Pavel çerkovida portlaş sodir böldi, deb xabar beradi Syrian Coast Monitor.

Ma’lumotlarga köra, portlovçi qurilmani hudkuş terrorçi harakatga keltirgan. Portlaş oqibatida kamida 15 kişi halok bölgan va 30 ga yaqin odam jarohat olgan.

Al Hadath telekanalining ma’lum qilişiça, çerkovga kirgan hudkuş avtomatik quroldan ibodatga kelganlarga öt oçgan, keyin esa portlovçi qurilmani harakatga keltirgan.

Suriya hukumati hujum uçun mas’uliyatni IŞID terrorçilik taşkiloti zimmasiga yukladi.

Terakt nasroniy aholi istiqomat qiladigan Duveyla dahasida sodir etilgan. Politsiya hududni qurşab olgan, voqea joyiga tez yordam yetib kelib, yaradorlarni olib ketmoqda.

AFP terakt oqibatida halok bölganlar soni 20 kişiga yetgani va 52 kişi yaralanganini ma’lum qildi.