Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya shaharlaridan birining meri qabristonda o‘lik holda topildi
Foto: AP
Belgiyaning Muskron (50 ming aholi) shahri burgomistri 11 sentabrda kechki vaqt tomog‘i so‘yilgan holda uyi yonidagi qabristonda topildi. U bu qabriston eshigini har kuni ochib-yopib yurgan. Bu haqda Belga axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, merni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Voqea joyiga kelgan prokuratura vakili gumonlanuvchi tan oluvchi ko‘rsatmalar berganini ma'lum qilgan. 71 yoshli merning o‘ldirilishi sabablari ma'lum qilinmagan.
Politsiya Lyuin aholi punktidagi qabristonda erkak o‘ldirilgani haqida anonim qo‘ng‘iroq kelib tushishi bilan voqea joyiga yetib borgan.
Mavzuga oid
21:15 / 24.10.2025
Shavkat Mirziyoyev Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashdi
12:23 / 02.09.2025
Belgiya Falastinni tan oladi va Isroilga sanksiyalar qo‘llaydi
12:06 / 22.07.2025
Belgiyada isroillik askarlar G‘azodagi jinoyatlari uchun hibsga olindi
21:13 / 24.03.2025