Jahon | 11:40 / 12.09.2017
24170
1 daqiqa o‘qiladi

MRB direktori «Al-Qoida» yetakchilarining kuni tugab borayotganini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeoning fikricha, «Al-Qoida» terrorchilik guruhi yetakchilarining kuni tugab bormoqda.

U bu haqda Fox News kanalidagi ko‘rsatuv vaqtida ma'lum qildi.

«Agarda, men ularning o‘rnida bo‘lganimda, o‘z kunlarimni sanay boshlagan bo‘lardim», - deya ma'lum qilgan Pompeo.

Avgust oyi o‘rtalarida Mayk Pompeo Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning keskinlashishi ortida uning ixtiyorida bo‘lgan razvedka ma'lumotlari yaqin orada yadro urushi boshlanishi imkoniyatini istisno qilishini aytgandi.

Mavzuga oid