Sport | 08:26 / 12.09.2017
3824
1 daqiqa o‘qiladi

Peru Argentina bilan o‘yinni boshqa stadionga ko‘chirishni so‘ramoqda

Foto: AP

Peru futboli rahbarlari FIFAga  JCh-2018 saralash musobaqasining Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini (5 oktabr) Buenos-Ayresdagi «La Bombonera» stadionidan boshqa arenaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda AP.

«Bu stadionda bizning delegatsiya vakillari va ushbu tarixiy bellashuvga keladigan minglab perulik ishqibozlar xavfsizligini kafolatlash mushkul bo‘ladi», - deyiladi Peru futbol assotsiatsiyasining FIFA bosh kotibi Fatma Samuraga yo‘llagan maktubida.

2015 yilda «La Bombonera»da bo‘lib o‘tgan «Boka Xuniors» va «River Pleyt» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlar futbolchilari mahalliy fanatlar hujumiga uchragani tufayli to‘xtatilgandi. Ishqibozlar futbolchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazga o‘xshash bo‘lgan moddani qo‘llashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid