Jahon | 09:06 / 12.09.2017
4771
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyada teraktlarga tayyorgarlik ko‘rgan IShID jangarilari qo‘lga olindi

Saudiya Arabistonida IShID terrorchilik guruhining ikki jangarisi qo‘lga olindi, ular Ar-Riyoddagi Mudofaa vazirligi binosiga hujumni rejalashtirishgan. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar portlashlar sodir etishni mo‘ljallagan. Hammasi bo‘lib to‘rt kishi qo‘lga olindi, ulardan ikki nafari – Yaman, yana ikkisi – Saudiya Arabistoni fuqarosi.

Jangarilardan ikkita portlovchi qurilma, qo‘lbola granatalar va o‘q otar qurol olib qo‘yilgan.

Avvalroq IShID terrorchilari «Irma» dovulini AQSh uchun yangi 11 sentabr deb atashgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid