Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Putin Trampga munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha taklif bilan chiqqan
Foto: Getty Images
Buzzfeed portali ma'lumotiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida ishlayotganiga uch oy bo‘lganida, diplomatlardan birini Davlat departamentiga Rossiya-Amerika munosabatlarini yaxshilash to‘g‘risidagi taklif bilan yuborgan.
Hujjatga ko‘ra, Rossiya AQShni diplomatik va harbiy aloqalar kanallari, shuningdek, ikki davlat razvedka xizmati o‘rtasidagi aloqalarning to‘liq tiklanishiga chaqirgan.
Taxminlarga ko‘ra, bahorda avvaliga Rossiya prezidentining kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus vakili Andrey Krutskixning amerikalik hamkasbi bilan axborot xavfsizligini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tishi lozim edi. Shundan so‘ng Afg‘oniston, Eron yadro kelishuvi, Ukraina sharqidagi inqiroz va KXDR muammosi bo‘yicha ikki tomonlama maxsus maslahatlashuvlarni o‘tkazish taklif etilgan.
AQSh MRB, FQB, Milliy xavfsizlik kengashi va Mudofaa vazirliklari rahbarlarining rossiyalik hamkasblari bilan uchrashuvi munosabatlarni tiklash bo‘yicha ishlarning navbatdagi bosqichiga aylanishi kerak edi.
Portalning ta'kidlashicha, hozirgi paytga kelib, Rossiya tomonidan taklif etilgan g‘oyalarning faqatgina kichik qismi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:10
Tramp Putinning qarorgohiga “hujum” haqidagi gaplaridan g‘azablangan
21:21 / 29.12.2025
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:10 / 29.12.2025
Rossiyada yangi tartib: Putin amaldorlar deklaratsiyasini o‘zgartirdi
17:00 / 28.12.2025