Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat qurollari faqat aybdor mulkdordan musodara qilinadi
Adliya vazirligi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tuzatishlarning tegishli loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Bugungi kunda jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat'i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi.
Amaliyotda bu jinoiy faoliyatga daxli yo‘q mulkdorlarning mol-mulkini (masalan, ijaraga beruvchilar yoki xizmat mol-mulki mulkdorlari) musodara qilishga olib kelishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga ziddir.
Shu munosabat bilan, JPK 211-moddasida quyidagi jihatlarni aniqlashtirish taklif etilmoqda:
• gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi yoki mahkumga tegishli jinoyat qurollari musodara qilinishi, tegishli muassasalarga berilishi yoki yo‘q qilinishi kerak;
• yuqorida ko‘rsatilgan sub'yektlarga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytariladi;
• qonuniy egalari, mulkdorlari, ularning huquq vorislari yoki merosxo‘rlarini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, MJtK 27-moddasida huquqbuzarning mulki hisoblanmaydigan predmetlar musodara qilinmasligi, bundan muomaladan olib qo‘yilgan ashyolar mustasno ekanligini aniqlashtirish taklif qilinmoqda.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026