Fan-texnika | 20:34 / 14.09.2017
21017
2 daqiqa o‘qiladi

Bugatti Chiron giperkarining rekord tezlikka erishgani videosi namoyish qilindi

Foto: motor.ru

Bugatti kompaniyasi Chiron giperkarining soatiga 400 km gacha tezlashtirilgani va to‘liq to‘xtatilishi tasvirlangan videoni namoyish qildi. Bu rekord natija qayd qilingan ushbu rolikda mashina soatiga 450 km gacha tezlashtirilmoqchiligi e'lon qilingan. Ushbu video Bugatti’ning YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Bugatti Chiron’ning rekord natijasi haqida sentabr o‘rtalarida ma'lum bo‘ldi. Model 400 km/soat tezlikka 32,6 soniyada 2,6 km lik masofada erishdi. Shundan keyin uni to‘liq to‘xtatish uchun 9,3 soniya vaqt va 491 metr masofa talab etildi. Shu tariqa “Shiron”ga bu rekordni qayd qilish uchun umumiy hisobda 41,96 soniya va 3112 metr kerak bo‘ldi. Mashinani esa “Formula-1” poygasining sobiq ishtirokchisi Xuan Pablo Montoyya boshqardi.

“Shiron” 8 litrli, 16 silindrli, 4 turbinali dvigatel bilan jihozlanadi. Motorning quvvati 1500 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Mashinaning e'lon qilingan maksimal tezligi soatiga 420 km ni tashkil qiladi.  

Mavzuga oid