Britaniyaning Evo jurnali Bugatti Chiron giperkari sinovidan olingan rolikni taqdim etdi. Bu videoda avtomobil noldan soatiga 351 kilometr tezlikka atigi 21,51 soniyada çiqa olganini köriş mumkin.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 1500-kuçli “Şiron” noldan “yuzga” 2,5 soniyada, 300ga esa – 13,6 soniyada çiqişi mumkin. Maksimal tezlik soatiga 420 kilometrni taşkil qiladi. Noldan soatiga 400 kilometr tezlikka çiqiş uçun hamda bunday tezlikdan butunlay töxtaşga atigi bir daqiqa talab etiladi.

Giperkar sakkiz litrli törtta turbinaga ega W16 dvigateli va yetti poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

Ayni damda Bugatti çiqarilişi rejalaştirilgan 500ta maşinadan yarmini sotib yuborgan. Bu model premerasidan bir yil ötib röy berdi.