Bugatti kompaniyasi Chiron modelida yangi tezlik rekordi örnatilganini e'lon qildi: avtomobil 490,484 km/soat tezlikka erişgan. Modelning seriyali versiyasiga yaqin bölgan giperkarni poygaçi Endi Uolles boşqargan.
Chiron 1500 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Kompaniya tomonidan maşinaning e'lon qilingan maksimal tezligi 420 km/soatni taşkil qiladi. Yangi rekord “seriyaliga yaqin bölgan giperkarda” amalga oşirilgani ta'kidlangan bölib, hozirça ikki variant orasidagi farq nimadan iboratligiga aniqlik kiritilmagan.
Brend prezidenti Ştefan Vinkelmann Bugatti bunday hayratlanarli natijaga erişgan ilk avtomobilsozlik kompaniyasi bölganini aytgan.
2017 yil kuzida poygaçi Xuan-Pablo Montoyya Bugatti Chiron rulida boşqa rekordni örnatgandi. U 42 soniyada maşinani 400 km/soat tezlikka eriştirib, uni töliq töxtatgan. Biroq bu natijani bir oydan keyin Koenigsegg Agera RS modeli ortda qoldirgan. Maşina şunday urinişni 36,44 soniyada bajargan. Şu yili maşinada 447 km/soat tezlikka erişa olingan.
Aynan şu natijani Bugatti Chiron ortda qoldirişga muvaffaq böldi.











