Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Suriyaga harbiy jo‘natishga tayyor
BMT ruxsat bersa, Qozog‘iston Suriyaga tinchlikparvar yordam jo‘natishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lum qilgan.
Bundan avvalroq Qozog‘iston TIV mamlakat Suriyaga harbiylarini yuborish bo‘yicha muzokaralar olib bormayotgani, mamlakatning bu boradagi pozitsiyasi o‘zgarmasligi haqida ma'lum qilgandi.
«Agar BMT harbiylarni jo‘natish qaroriga ruxsat bersa, biz tashkilot a'zosi sifatida u yerga o‘z harbiylarimizni yo‘llashimiz mumkin», — deya Nursulton Nazarboyevning so‘zlarini keltirgan Rossiyadagi nashrlar.
Qozog‘iston Konstitutsiyasiga ko‘ra, qaynoq jabhalarga qozoq askarlarini jo‘natish faqatgina parlament roziligi bilan ro‘y beradi.
Eslatib o‘tamiz, 13 sentabr kuni Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning 6-bosqichi boshlandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026