Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij va Los-Anjyeles 2024 va 2028 yilgi Olimpiadalarni o‘tkazadigan bo‘ldi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Parij va Los-Anjyeles shaharlarini 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiadalar mezbon shaharlari sifatida tasdiqladi. 13 sentabrda XOQning Limada o‘tgan 131-sessiyasida o‘yinlar o‘tkazilishini taqsimlash bo‘yicha “rasmiy ovoz berish” bo‘lib o‘tdi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Bo‘lg‘usi Olimpiadalar o‘tadigan shaharlar nomini XOQ prezidenti Tomas Bax e'lon qildi, bu vaqtda uning yonida Parij va Los-Anjyeles merlari turgandilar. Bu shaharlar, shuningdek, Paralimpiadani o‘tkazish huquqini ham avtomatik ravishda oldilar. Shu tariqa 2024 yilgi Olimpiada Parijda, 2028 yilgisi esa Los-Anjyelesda o‘tadigan bo‘ldi.
Dastlab 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun 5 ta shahar da'vogarlik qilayotgandi, biroq final arizalarini faqatgina Parij va Los-Anjyeles shaharlari bergan. Ikki Olimpiadaning poytaxtini bir vaqtda qabul qilish qarori XOQning yozdagi navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan va qo‘mitaning yuqoridagi ikki jiddiy nomzoddan birortasini yo‘qotmaslik istagi bilan shartlangandi, chunki bu shaharlar Olimpiya harakatini rivojlantirish strategiyasi Agenda-2020’ga to‘liq javob beradilar.
Bu ikki shahardan har biri Olimpiadani uchinchi marotaba qabul qiladi. Bungacha Parijda 1900 va 1924 yillardagi, Los-Anjyelesda esa 1932 va 1984 yillardagi Olimpiadalar o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Olimpiada Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026