Sport | 20:10 / 15.09.2017
15752
2 daqiqa o‘qiladi

Abramov Qosimovga yana yutqazdi

O‘zbekiston chempionatining 21-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov ishtirokidagi navbatdagi qarama-qarshilik kuzatildi.

Toshkentda kechgan uchrashuvda «Bunyodkor» har bo‘limda bittadan gol kiritishi evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Akram Komilov, ikkinchi bo‘limda Otabek Shukurov tomonidan kiritilgan gollar Qosimov jamoasiga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Bunyodkor» hisobidagi ochkolar soni 35taga yetdi va jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Neftchi» esa 13 ochko to‘plab 15-pog‘onada qolmoqda. Endilikda jamoa 14-o‘rindagi «Sho‘rtan»dan bitta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda 6 ochko ortda qolmoqda.

Oliy liga, 21-tur

«Bunyodkor» – «Neftchi» 2:0 (1:0)
Gollar:
 Akramjon Komilov (16), Otabek Shukurov (51). 
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Islomjon Qobilov, Akramjon Komilov, Javlon Ibrohimov, Vohid Shodiyev, Dostonbek Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov.
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Kamronbey Kapadze, Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Abdujamol Isroilov, Timur Hakimov, Ibroxim Rahimov, Mansur Saidov, Alisher Shog‘ulomov, Boburbek Yuldashev, Avazbek O‘lmasaliyev.

Mavzuga oid