Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Yevropadagi eng baland tomosha maydonchasi ochiladi
2017 yil oxiriga kelib “Moskva-Siti” hududidagi “Federatsiya minoralari. Sharq” binosida Yevropadagi eng balandda joylashgan tomosha maydonchasi ochiladi. Bu haqda “Federatsiya minoralari” kompaniyasi bosh direktori Mixail Smirnov jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Federatsiya minoralari” balandligi 374 metrni tashkil qiladi. Tomosha maydonchasi bino loyihasida ko‘zda tutilganidek binoning 89-qavatida joylashadi. Smirnovning ma'lum qilishicha, tomosha maydonchasi Panorama 360 deb nomlanadi va 10 ta interfaol hududni o‘z ichiga oladi.
“Bino 99,7 foizga qurib bitkazildi, barcha ishlar deyarli yakunlangan. Biz joriy yilda, yaqin 2-3 oyda ishlashni boshlamoqchimiz. Mos ravishda, tomosha maydonchasi ham ochiladi”, deb aytgan Smirnov.
Tomosha maydonchasi hududida muzqaymoq ishlab chiqaruvchi fabrika o‘z ishini boshlaydi.
Tomosha maydonchasining boshqaruvchi hamkori Artur Shakaryan tomosha maydonchasi Ginness rekordlar kitobiga kiritilishini taxmin qilgan.
“Biz bu masalani Ginnes rekordlar kitobi bilan muhokama qilmoqdamiz. Bizning tomosha maydonchasi Yevropadagi eng baland tomosha maydonchasi, muzqaymoq fabrikamiz esa dunyodagi eng baland joylashgan muzqaymoq fabrikasi sifatida qayd qilinadi”, deb aytgan Shakaryan.
Uning aytishicha, ekskursiya dasturi Moskvaning bunyod etilishi va rivojlanishining muhim tarixiy onlari haqidagi proyeksiyaviy shouni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, moskvaliklar va mehmonlarni texnologik jihozlangan foto-hududlar, o‘ta tezyurar liftlar, multimediaviy skanerlar va boy ko‘ngilochar dastur kutib qoladi. Tomosha maydonchasida ijodiy ko‘rgazmalar, ma'ruzalar, kinotaqdimotlar, multimediaviy spektakllar va konsertlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:17
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026