Tadbirkorlar nol qiymatidagi inshootlarni olish uchun kimga murojaat qilishi mumkin?

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
“O‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan, biroq ijarada turuvchi tadbirkorlar nol qiymatidagi inshootlarni olish uchun qayerga murojaat qilishi mumkin?”. Mazkur savol Xalqaro press-klub 15 sentabr kuni “Biznes-ombudsman - tadbirkorlik himoyasi va vazifalar tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanida tegishli idora vakillariga yo‘llandi. Bu haqda anjumanda bevosita ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar beradi.
Yuqoridagi savolga Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov javob berdi:
“Mana shu nol qiymatida binolarni sotish - juda dolzarb masala. Davlatimiz rahbari tomonidan tegishli organlarga maxsus topshiriqlar berilgan. Shu jumladan, Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tgan davr ichida 54 ta tumanda to‘liq inventarizatsiya o‘tkazildi. Mahallalardagi bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yerlarning hammasi ro‘yxatga olindi. 1 million kvadrat metrdan oshiq bo‘sh turgan inshootlar, 500 gektardan ziyod yerlar mavjudligi aniqlandi. Mana shu yerlar aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlash, yoshlarni va kam ta'minlangan oilalardagi fuqarolarning bandligini oshirishga ajratiladi va bu borada loyihalar ishlab chiqilmoqda. Birgina inventarizatsiya vaqtidayoq tashabbuskorlar tomonidan 800ta loyiha ishlab chiqildi va hozirda ular amaliyotga tadbiq etilmoqda. Tadbirkorlar bunday inshootlarni sotib olishi uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilishi mumkin. Sababi bizda har bitta aniqlangan binolarning pasporti, kerakli ma'lumoti mavjud”.
Islom Jasimovning ta'kidlashicha, tadbirkorlarga 0 qiymatidagi binolarni sotib olishlari uchun yaqindan ko‘mak beriladi. Shuningdek, palataga o‘z muammosi bilan murojaat qilgan har bir tadbirkorning masalasi albatta, hal qilinishi ham alohida qayd etildi.
Mavzuga oid

14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi

11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi

18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi

22:20 / 11.02.2025